O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2025
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Prezident huzuridagi paxtachilik kengashining 2023 yilgi rejalari muhokama qilindi

2023-01-09 | Jamiyat

6-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Onlayn va oflayn shaklda o‘tkazilgan yig‘ilishda paxtachilik ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlari, olimlar, xususiy urug‘chilik korxonalari, klaster xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdilar. Yig‘ilishga Paxtachilik kengashi raisi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov raislik qildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashi va 13 ta tuman ishchi guruhlarining 2023-yildagi faoliyati muhokama etildi. Xususan, mazkur tumanlarda 2023-yil uchun paxta navlarini joylashtirish rejasining joylardagi holatini o‘rganish, hududlardagi urug‘lik chigit tayyorlash sexlari holati to‘g‘risidagi maʼlumotlar eshitildi.

Kengash raisi I.Abdurahmonov alohida tanlab olingan 13 ta tumanlarda 2023-yil uchun paxta navlarini joylashtirishni nazoratga olish, tumandagi urug‘ zaxirasini o‘rganish va urug‘larni sertifikatsiyalash, qishki agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish, yaʼni sho‘r yuvish, suv kanal yo‘llarini tozalash, shuningdek, servis xizmat ko‘rsatadigan korxonalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Bundan tashqari, nav mualliflari tomonidan navning xususiyatlari va agrotexnologiyasi bo‘yicha tumanlarda seminar o‘tkazish hamda klaster va fermer xo‘jaliklari uchun yanvar-fevral oyida seminar-trening tashkil qilishga kelishib olindi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Поделиться