O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Senatda O‘zbekiston-Yaponiya munosabatlarining hozirgi holati va uni yana-da rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi
2023-01-06 | Jamiyat
Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev kecha Yaponiya elchisi Takashi Xatori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekiston - Yaponiya munosabatlarining hozirgi holati va uni yana-da rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, ikki tomonlama parlamentlararo hamkorlikning yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Xususan, parlamentlararo hamkorlik mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishi ekani taʼkidlandi. Shu nuqtai nazardan, ikki tomonlama aloqalar va o‘zaro hamkorlikni faollashtirish, ko‘p qirrali sheriklikni rivojlantirishda parlamentlarning imkoniyatlaridan keng va samarali foydalanish yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Bunda parlamentlar o‘rtasidagi do‘stlik guruhlari faoliyatini yana-da takomillashtirish, o‘zaro tashriflarni amalga oshirish lozimligi qayd etildi.
Shuningdek, suhbat chog‘ida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari va yirik kompaniyalari o‘rtasida amalga oshirilayotgan sarmoyaviy loyihalarni yana-da rivojlantirish maqsadida aniq dasturlarni ishlab chiqib, amaliyotga tadbiq etishga kelishib olindi.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi