O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
2023-yil 1-yanvardan boshlab sinov tariqasida Adliya vazirligi tizimida ichki idoraviy hujjatlar “E-qaror” orqali qabul qilinadi
2023-01-05 | Jamiyat
Yangi O‘zbekiston maʼmuriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etishga doir Prezident qaroriga asosan 2023-yil 1-yanvardan boshlab sinov tariqasida Adliya vazirligi tizimida idoraviy buyruq, qaror va farmoyishlarni “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish va eʼlon qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yish belgilandi.

Vazirlik tizimida kadrlar xizmati faoliyatini raqamlashtirish bo‘yicha “MinJust HR” avtomatlashtirilgan tizim 2021-yilning 1-iyundan ishga tushirildi. Buyruqlarni faqat ushbu tizim orqali shakllantirish va masʼul xodimlar bilan kelishilgandan so‘ng ularni qabul qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.
Endilikda, 2023-yil 1-yanvardan boshlab vazirlik va uning tizimiga kiruvchi idoralar tomonidan qabul qilinadigan umumiy masalalarga oid buyruq va qarorlar (ayrim istisnolarni inobatga olgan holda) “E-qaror” elektron tizimi orqali eʼlon qilinadi.
Shu maqsadda, joriy yilning 30-dekabr kuni vazirlik va uning tizimidagi adliya organlari va muassasalari, hududiy adliya organlari xodimlari uchun hujjatlarlarini “E-qaror” elektron tizimi orqali eʼlon qilish masalalari yuzasidan amaliy seminar-trening o‘tkazildi.
Tadbirda vazir o‘rinbosari M.Ikramov qabul qilingan buyruqlarni “E-qaror” elektron tizimi orqali eʼlon qilinishi vazirlikning ochiqlik siyosatiga to‘liq hamoxangligi va bu o‘z o‘rnida jamoatchilik nazoratini o‘rnatilishiga olib kelishi, bu borada tizim rahbarlari masʼuliyatini oshirish lozimligi tushuntirib o‘tildi.
Tadbirda hujjatlarni “E-qaror” elektron tizimi orqali eʼlon qilinishi bo‘yicha elektron dastur asosida ishtirokchilarga tushuntirish berildi hamda kelib tushgan savollarga javob berildi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi