O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2025
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent shahrida «Yashil shahar transport yo‘lagi» loyihasi amalga oshiriladi

2023-01-05 | Jamiyat

O‘zbekiston Transport vazirligi va BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida «Toshkent – kam uglerodli avtotransportga investitsiyalar jalb etishni jadallashtirish» loyihasi Muvofiqlashtiruvchi kengashining yig‘ilishi o‘tkazildi

Muvofiqlashtiruvchi kengash loyihaning barcha manfaatdor tomonlar vakillaridan iborat tarkibda tuzilgan bo‘lib, loyiha ustidan umumiy rahbarlikni taʼminlaydi. Loyiha doirasidagi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi hamda loyihani amalga oshirilishini tahlil qilib boradi.

Yig‘ilishda Toshkent shahrining Shota Rustaveli ko‘chasida joriy etilishi rejalashtirilayotgan «Yashil shahar transport yo‘lagi» loyihasi, mazkur yo‘lakda qatnovchi elektrobuslar va ularni quvvatlash stansiyalari turlari hamda loyihani amalga oshirish davomida yuzaga kelayotgan boshqa masalalar muhokama qilindi.

Tadbirda, shuningdek, 2022-yilda loyiha doirasida bajarilgan ishlar, joriy yilda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan rejalar hamda tadbirlarni moliyalashtirish uchun 2023 yilga mo‘ljallangan loyiha byudjeti ko‘rib chiqildi.

Manba: O‘zbеkistоn Respublikasi trаnspоrt vazirligi

Поделиться