O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Harbiy prokuratura faoliyati haqida axborot berildi

2022-12-23 | Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev Harbiy prokuratura organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar hisoboti bilan tanishdi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi Qurolli Kuchlarda va harbiy tuzilmalarda qonunlarga rioya etilishini nazorat qiladi. Mazkur organ tomonidan mamlakatimiz suverenitetini mustahkamlash, mudofaa salohiyatini oshirish, harbiy xizmatchilarning va oila a’zolarining huquqlarini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

Jumladan, joriy yilda 1 ming 100 ga yaqin prokuror nazorati hujjati qo‘llanilib, 261 ta hujjat qonunga muvofiqlashtirilgan. 7 ming 858 nafar shaxsning huquqi tiklangan. 654 nafar harbiy xizmatchining oila a’zolari ish bilan ta’minlangan.

Qurolli Kuchlarda qurilish dasturiga kiritilgan obyektlarning loyiha-smeta hujjatlari nazorat tartibida ko‘rib chiqilib, 23 milliard so‘mdan ziyod budjet mablag‘lari iqtisod qilinishiga erishilgan. Harbiy prokuror protestlariga asosan sudlarning 10 ta qarori qonunga muvofiqlashtirilib, 6 nafar shaxs oqlangan.

Fuqarolarning 2 mingga yaqin murojaatlari ko‘rib chiqilib, 254 tasi qanoatlantirilgan. Shuningdek, sayyor qabullarda 3 ming 200 nafar shaxs qabul qilinib, aniqlangan muammolarini hal etish choralari ko‘rilgan. 

Mamlakatimizning Taraqqiyot strategiyasidan kelib chiqib, harbiy tuzilmalarda ham “inson qadri” tamoyili ustuvor etib belgilangan. Harbiy xizmatchilarning huquq va manfaatlari, ijtimoiy himoyasi ta’minlanishi alohida nazoratga olingan. Harbiy prokuratura bu borada qonun himoyachisi, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishda faol targ‘ibotchi bo‘lmoqda.

Qayd etilganidek, harbiy xizmatchilarga Qurolli Kuchlar hamda boshqa sohalardagi islohotlar, qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlari va davlat dasturlarining mazmun-mohiyatini izchil yetkazishga alohida e’tibor qaratiladi.

Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida olis hududlardagi maktablar harbiy prokuratura idoralariga biriktirilib, prokurorlik soatlari tashkil etiladi.

Budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishini ta’minlashda elektron platformalar imkoniyatlaridan yanada keng foydalaniladi. 

Davlatimiz rahbari Harbiy prokuratura faoliyatini raqamlashtirish, inson manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar berdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Поделиться