O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston hududida tarqatiladigan xorijiy telekanallar ro‘yxati kengaytirilmoqda

2022-12-14 | Jamiyat

192 ta telekanaldan tarkib topgan xorijiy telekanallar roʻyxatining yangi tahriri ishlab chiqildi.

Fuqarolarning toʻliq va xolis axborot olish huquqini taʼminlash hamda turli manbalardan maʼlumot olish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida mamlakatimizda tarqatilishiga ilgari ruxsat berilgan 50 ta xorijiy telekanal umumlashtirilib, ular asosida 192 ta telekanaldan tarkib topgan xorijiy telekanallar roʻyxatining yangi tahriri ishlab chiqildi.

Ushbu roʻyxatga ijtimoiy-siyosiy va yangiliklar tarqatishga ixtisoslashgan 35 ta, filmlar va seriallarga moʻljallangan 37 ta, ilm-fan yutuqlarini namoyish etuvchi ilmiy-ommabop, maʼrifiy yoʻnalishdagi 34 ta, bolalar va oʻsmirlar uchun 27 ta, sportga oid 20 ta va musiqiy-koʻngilochar kontent tarqatuvchi 39 ta xorijiy kanal kiritilgan.

Mazkur roʻyxatdagi telekanallar pullik televideniye operator va provayderlari tarmoqlari orqali tarqatiladi (yaʼni, efir orqali yopiq rejimda, kabel va IP televideniye, mobil aloqa, sunʼiy yoʻldosh aloqa tarmoqlari va Internet platformalar).

Manba: «Yangi O"zbekiston»

Поделиться