O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida faol hudud va tashkilotlar taqdirlandi

2022-12-05 | Turizm

Toshkent shahrida “Ipak yoʻlida turizm” 27-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasining uchinchi kuni tadbirlari boʻlib oʻtdi. Yalpi sessiyalar va B2B uchrashuvlardan soʻng kunning ikkinchi yarmida “TXTY–2022” tadbirida faol ishtirok etgan hududlar va tashkilotlar munosib taqdirlandi. 

Rasmiy yopilish marosimida Turizm va madaniy meros vaziri oʻrinbosari Botir Shaxriyorov Bosh vazir oʻrinbosari — Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov nomidan yarmarkaga tashrif buyurgan xorijlik va mahalliy ishtirokchilarga samimiy minnatdorlik bildirdi va tadbirning muvaffaqiyatli oʻtgani bilan barchani qutladi. 

Shuningdek, tadbirda Tojikiston Respublikasi Hukumati qoshidagi Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Tojiddin Jo‘razoda, BBC World News nashrining Yevroosiyodagi tijorat xizmati rahbari Sergey Stanovkin, Oʻzbekistonning Buyuk Britaniyadagi turizm elchisi Sofi Ibbotson, Rossiya Turoperatorlari assotsiatsiyasi (ATOR) ijrochi direktori Maya Lomidze, Qirgʻiz Respublikasi Turizmni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi prezidenti Yelena Kalashnikova, Ozarbayjon Respublikasi Davlat turizm agentligi rais maslahatchisi Kenan Guluzoda, ingliz sayohat yozuvchisi Mark Elliot boshqa xorijlik mutaxassislar ham ishtirok etdi. 

“Oʻzbekistonning turizm salohiyati yuqori ekanligi koʻp bora taʼkidlangan. Toshkent xalqaro yarmarkasida tashrif buyurib, bunga yana bir bor amin boʻldim. Mahalliy stendlarni tomosha qila turib, yurtingizda xorijiy turistlarni oʻziga jalb qila oladigan jihatlar koʻp ekanligiga ishonch hosil qildim. Yarmarkada ishtirok etganimdan, bu muhim voqelikning bir qismiga aylanganimdan xursandman”, – dedi Tojiddin Jo‘razoda. Ozarbayjon Respublikasi Davlat turizm agentligi rais maslahatchisi Kenan Guluzoda esa turizmning har bir sohasini rivojlantirishda Oʻzbekiston tajribasi koʻp davlatlarga oʻrnak boʻlishini qayd etdi. 

Marosimda yarmarkada ishtirok etgan mahalliy hududlar va tashkilotlar “Eng namunali stend”, “Eng faol stend” “Eng mukammal arxitektura sohibi”, “Eng mehmondoʻst stend” kabi qator nominatsiyalar boʻyicha taqdirlandi.

Qolaversa, tashkilotlar “Eng realistik va noyob stend”,  “Mamlakat vinoturizm salohiyatini namoyish etgani uchun”, “Eng zoʻr stend”, “Eng saxiy hamkor”, “Turizm rivoji yoʻlidagi samarali xizmatlari uchun” kabi nominatsiyalarda alohida eʼtirof etildi.

Maʼlumot uchun, “TXTY–2022”da 30 davlatdan 300 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться