O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Maxsus maktab-internatlari tarbiyalanuvchilari ishtirokida kibersport o‘yinlari o‘tkazildi

2022-12-03 | Texnologiyalar

“3-dekabr — Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni” munosabati bilan respublikamizning barcha hududlarida tegishli vazirlik va tashkilotlar tomonidan qator madaniy va sport tadbirlari tashkil etilmoqda.

Bugun Xalq ta’limi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirliklari hamda Kibersport assotsiatsiyasi hamkorligida poytaxtimizdagi kar va tayanch a’zosida nuqsoni bo‘lgan bolalar maktab-internatlarining 200 nafar tarbiyalanuvchilari ishtirokida kibersport o‘yinlari o‘tkazildi.

Bellashuv avvalida tashkil etilgan tantanali tadbir davomida so‘zga chiqqan Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov va boshqa mutasaddilar so‘nggi yillarda imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimizga davlatimiz tomonidan har tomonlama ko‘mak berilib, ularning ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishlari uchun barcha zarur choralar amalga oshirib kelinayotganligini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, mamlakatimizdagi mavjud maxsus maktab-internatlari va interaktiv sinflarda tahsil olayotgan o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishlari uchun qulay sharoit va imkoniyatlar yaratilganligi alohida qayd etildi.

Tadbir davomida o‘tkazilgan kibersport o‘yinlari davomida maxsus maktab-internatlari o‘quvchilarining mazkur sport turi bo‘yicha egallagan bilim va mahoratlari sinovdan o‘tkazildi.

Shuningdek, kibersport o‘yinlarida faol ishtirok etgan o‘quvchilar homiylar tomonidan munosib taqdirlandi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Поделиться