05:35:13 (GMT+5)    14.03.2025

O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
YanvarFevralМарт
AprelMayIyun
IyulAvgustSentabr
OktabrNoyabrDekabr
Kalendar

Voqealar

Март 2025
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      
Portalda yangilik
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>

Matonatli amputant futbolchilarimizga Prezident sovgʻalari topshirildi

2022-12-03 | Sport

Bugun Milliy Paralimpiya qoʻmitasida amputant futbolchilar oʻrtasidagi jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan Oʻzbekiston terma jamoasini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Odil Abduraxmanov, Sportni rivojlantirish vaziri Adhkam Ikramov, Milliy Paralimpiya qoʻmitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari, OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov, futbol boʻyicha Oʻzbekiston amutantlar terma jamoasi vakillari ishtirok etishdi.

Taqdirlash marosimi avvalida Adkham Ikramov Prezidentimiz aholining turli qatlamlari, xususan, imkoniyati cheklangan vatandoshlarimizga koʻrsatayotgan gʻamxoʻrligini bu yilgi Xalqaro nogironlar kunining oʻzgacha qarshi olinayotganidan koʻrish mumkinligini taʼkidladi.

Rasmiylar terma jamoaning qoʻlga kiritgan muvaffaqiyati bilan yana bir bor qutlab, ulardan kelgusida ham ulkan gʻalabalar kutib qolishlarini bildirishdi. Shuningdek, amputant futbolchilarimizning bunday ragʻbatlantirilishi imkoniyati cheklangan boshqa hamyurtlarimizning sport bilan shugʻullanishlari uchun katta motivatsiya boʻlishini alohida taʼkidlashdi.

Shundan soʻng tadbirning eng kulminatsion nuqtasiga oʻtildi. Unda qahramon sportchilarimizga Prezident sovgʻasi – “Cobalt” mashinalari tantanali ravishda topshirildi.

Shubhasiz, bunday eʼtibordan amputant futbolchilarimizning quvonchi cheksiz. Ular davlatimiz rahbariga koʻrsatilgan ushbu gʻamxoʻrlik uchun minnatdorchilik bildirib, kelgusida ham ulkan gʻalabalarni qoʻlga kiritishga vaʼda berishdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Поделиться