O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Moliya vazirligiga BMTTDning “Davlat muassasalari uchun gender tenglik nishoni” global dasturida ishtirokiga start berildi

2022-12-02 | Jamiyat

Joriy yilning 1-dekabr kuni Toshkent shahridagi “International” mehmonxonasida Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Gender faollarini qoʻllab-quvvatlash hamda gender stereotiplarini bartaraf etish orqali Oʻzbekistonda gender tengligini taʼminlash” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Unda Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi delegatsiyasi, Latviya Respublikasining Oʻzbekistondagi Elchixonasi, fuqarolik jamiyati, shuningdek, vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayevaning ishtirokchilarga yoʻllangan video murojaati bilan ochib berildi. Murojaatda Tanzila Narbayeva mamlakatda Gender tenglikni ta’minlashning mustahkam poydevori yaratib berilganligi. Ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalarda xotin-qizlar hamda erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlash maqsadida 2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi tasdiqlanganligi, strategiya doirasida belgilangan maqsadlarga erishish borasida  xotin qizlar va gender masalalarida yagona yondashuv asosida vazirlik va idoralar faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish yoʻnalishlaridagi ishlarni tizimli davom ettirish zarurligini ishtirokchilarga yetkazdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Davlat muassasalari uchun gender tenglik nishoni” global dasturida ishtirok etish istagini bildirganligi vazirlikda xotin qizlar va gender tenglik masalalari sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuqori darajada qo‘llab-quvvatlanayotganligini ko‘rish mumkinligini ta’kidlab o‘tdi.

Keyingi so‘z navbatini Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi rahbari va bosh vazir oʻrinbosari Zulayho Mahkamova davom etirib, jamiyatimizda xotin-qizlarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini yanada kengaytirish maqsadida “Davlat boshqaruvida xotin-qizlar faolligini oshirish dasturi” tasdiqlanganligi va uni amaliy natijasi sifatida hozirgi kunda xotin-qizlarning boshqaruv lavozimlaridagi, siyosiy partiyalardagi ulushi ortib borayotganligi quvonarli holat ekanligini aytib o‘tdi.Tadbir davomida Latviya Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Raynis Troksha va Birlashgan Millatlar tashkiloti taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska  Oʻzbekistonda gender tenglikni ta’minlash sohasini yuqori baholab, kelajakdagi amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlohatlarga omadlar tilab, ushbu yo‘nalishdagi tashabbuslarda bevosita hamkorlik qilishlarini alohida ta’kidlab o‘tishdi.

Shundan soʻng, Moliya vaziri o‘rinbosari Gulnora Raximova respublikamizda bugungi kunda ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalarda xotin-qizlar hamda erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarini ta’minlash, gender tenglikka erishish borasidagi amalga oshirilayotgan ishlar, fuqarolarga davlat tomonidan manzilli koʻmaklashish, ularga yaratilgan shart-sharoit va imtiyozlar bo‘yicha to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, tadbirda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi tomonidan “Ayollarga nisbatan zoʻravonlik va kamsitishning oldini olish va bartaraf etishning gender stereotiplari va patriarxal normalarini umummilliy oʻrganish” natijalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimot mavzusi yuzasidan tadbir ishtirokchilarining salbiy gender stereotiplari bilan kurashish bo‘yicha taklif va tavsiyalari tinglandi.
 
Tadbir yakunida ishtirokchilar gender tenglikka erishish boʻyicha yangicha yondashuvlar, gʻoyalar va tashabbuslar yuzasidan fikr almashib, Oʻzbekistonda gender tenglikka erishish milliy strategiyasini amalga oshirishga hissa qoʻshishdan manfaatdor ekanliklari bildirib o‘tildi.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Поделиться