O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Turkman” qishlog‘idagi 500 yoshli daraxtlar

2022-11-28 | Ekologiya

Jizzax viloyati Zomin tumani “Turkman” qishlog‘i go‘zal tabiati bilan har qanday kishining e’tiborini tortadi.

Yana ham e’tiborlisi bu qishloqda asrlar silsilasidan o‘tgan 37 tup tut daraxti mavjud, Ularning 9 tasi 500, 28 tasi esa 200 va undan ortiq yoshga kirgani taxmin qilinadi. Ushbu daraxtlarni kim ekkanligi to‘g‘risida aniq ma’lumotlar yo‘q. Lekin ular bugun qishloq ahlining faxriga aylangani bor gap.

Yarim asrlik tarixdan so‘zlaguvchi yoshi ulug‘ bu daraxtlar ildiz otgan ushbu zaminda o‘ziga xos seminar tashkil etildi. Unda Jizzax viloyati ekologiya va atrof muhit muhofazasi boshqarmasi xodimlari hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasining Jizzax viloyati kengashi a’zolari hamkorlikda qishloqning eng yoshi ulug‘ nuroniy otaxonlari va mahalla faollari ishtirok etdi.

Seminarda dastlab 100 yosh va undan oshgan daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish va muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida yig‘ilganlarga ma’lumot berildi.Davlat ekologiya qo‘mitasi tashabbusi bilan amalga oshirilgan 100 yoshdan oshgan daraxtlarning xatlovi jarayonida Jizzax viloyatida 112 tup shunday yoshi katta daraxtlar borligi aniqlandi. Ularning 82 tupi tut, 23 tupi yong‘oq, 4 tupi chinor, 2 tupi tol va 1 tupi biota daraxtlari bo‘lib, tegishli mahalliy hokimiyat davlat organlarining qarori bilan davlat tabiat yodgorligi deb e’lon qilinganligi ta’kidlandi. Shuningdek, seminar davomida yoshi ulug‘ keksalar ota-bobolaridan eshitgan ushbu daraxtlar tarixi bilan bog‘liq qadimiy hikoyalarni gapirib berdi va o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Barcha seminar ishtirokchilari birgalikda, tadbir yakunida 200 yoshdan 500 yoshgacha bo‘lgan ana shu daraxtlar yashnab turgan hududga “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Turkman” qishlog‘idagi yoshi ulug‘ daraxtlar yonidan yosh navnihol ko‘chatlarini o‘tqazdi. Quvonarlisi, “Zarbdor 40 kunlik” doirasidagi kuzgi ko‘chat ekish hasharida qishloq ahli, ayniqsa yoshlar faol ishtirok etdi. 

Manba: O'zA

Поделиться