O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi delegatsiyasi Janubiy Koreyada
2022-11-21 | Yoshlar
O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi delegatsiyasining Janubiy Koreyaga amaliy tashrifi boshlandi.
Tashrif davomida Seul, Tejong, Kvanju, Chonan shaharlaridagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar, shuningdek Janubiy Koreyada turli sohalarda mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan sayyor qabullar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog‘i qabul qilinganining 31 yilligi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan turli madaniy-maʼrifiy tadbirlar o‘tkazish, Prezidentimiz boshchiligida mamlakatimizda olib borilayotgan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasidagi keng qamrovli islohotlar, mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar to‘g‘risida batafsil maʼlumot berish, yosh vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash va fikr almashish, ularning muammolarini o‘rganib, hal etish ham ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Koreya Respublikasidagi yangi vakilini saylash, hududlarda uning muvofiqlashtiruvchilarini tayinlash masalasi ham tashrif dasturidan joy olgan.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi