O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rasmiy tashrif bilan Fransiyada bo‘ladi

2022-11-18 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan joriy yilning 21-22-noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

Tashrif dasturida Parij shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar, Fransiya Parlamentining quyi palatasi – Milliy yig‘inida uchrashuv hamda ushbu mamlakatning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari ishtirokida ishbilarmonlik tadbirlarini o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Kun tartibidan konstruktiv siyosiy muloqotni yanada rivojlantirish, ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish, eng avvalo, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish, faol gumanitar va ta’lim almashinuvlarini davom ettirish masalalari o‘rin olgan.

Sammit yakunida o‘ndan ortiq muhim ikki tomonlama hujjatlar, shuningdek, investitsiya bitimlari va savdo shartnomalari to‘plamining qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Ta’kidlash joizki, tashrif kunlari Fransiya poytaxtidagi jahonga mashhur Luvr muzeyi va nufuzli Arab dunyosi institutida mamlakatimizning boy madaniy va tarixiy merosiga bag‘ishlangan noyob ko‘rgazmalar ochiladi.

Bundan tashqari, shu kunlarda Parijda Fransiyaning «MEDEF» tadbirkorlar harakati ko‘magi bilan tashkil etilgan biznes forum bo‘lib o‘tmoqda.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Поделиться