20:18:04 (GMT+5)    13.03.2025

O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
YanvarFevralМарт
AprelMayIyun
IyulAvgustSentabr
OktabrNoyabrDekabr
Kalendar

Voqealar

Март 2025
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      
Portalda yangilik
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>

"Ipak yo‘li" xalqaro turizm va madaniy meros universiteti hamda Xitoyning “North-West” universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi

2022-11-16 | Turizm

Samarqand shahridagi “Ipak yoʻli” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti hamda Xitoyning North-West universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. 

Hujjatda o’zaro hamkorlikni rivojlantirish, Xitoy va Oʻzbekiston universitetlari talabalari va oʻqituvchilarining toʻsiqsiz harakatlanishi uchun akademik koʻprik oʻrnatish maqsad qilingan. 

O‘zbekiston tomondan memorandumni imzolagan Bosh vazir o‘rinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri, “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti rektori Aziz Abduhakimov “North-West” universiteti prezidenti janob Guo Lixonga o‘z minnatdorchiligini bildirib, ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikni yuksak qadrlashini ta’kidladi.

“North-West” universitetining 120 yillik yubileyi doirasida imzolangan mazkur hujjat “Xitoy – O‘zbekiston arxeologiya va madaniy merosni muhofaza qilish ilmiy-texnikaviy xalqaro qo‘shma laboratoriyasi”ni tashkil etishga yo’naltirilgan.

Ta’kidlash lozimki, Xitoy – O‘zbekiston arxeologiya va madaniy merosni muhofaza qilish ilmiy-texnikaviy xalqaro qo‘shma laboratoriyasi “Xitoy va  Markaziy Osiyoning inson resurslari va atrof-muhitni o‘rganish bo‘yicha qo‘shma ilmiy laboratoriyasi”ning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Xitoy ilmiy-texnologiya vazirligi bu ilmiy tadqiqotlar, iqtidorli talabalarni tayyorlash va madaniy almashinuv bo'yicha yetakchi xalqaro markazdir.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться