O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hamkorlik memorandumi imzolandi

2022-11-08 | Jamiyat

Joriy yil 7-noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov va Din ishlari bo‘yicha qo‘ymita raisining birinchi o‘rinbosari Davron Maxsudov BMT Bolalar jamg‘armasi – YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Uchrashuvda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov so‘nggi yillarda Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda bolalar huquqlarini ta'minlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilayotgani, bunda BMT Bolalar jamg‘armasi – YuNISEF bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlikning ahamiyati juda katta ekani, ayniqsa, hamkorlik dasturlarida bolalar va onalar farovonligini oshirish, barqaror taraqqiyot maqsadlari, xususan, bola salomatligi, ta'lim va bolalar himoyasiga qaratilgan maqsadlarga erishish borasidagi faoliyat e'tiborga molik ekanini ta'kidladi.   
 
Shuningdek, Davronbek Maxsudov o‘z so‘zi davomida YuNISEF tomonidan qo‘llab-quvvatlangan dasturlar bolalarga taalluqli huquqiy hujjatlar ustida ishlashga, eng muhtoj oilalar va nogiron bolalarga urg‘u bergan holda milliy hamkorlarning salohiyatini oshirishga qaratilgani, mazkur sa'y-harakatlar sog‘liqni saqlash, ta'lim va bolalarni himoya qilish jabhalariga yo‘naltirilgani tahsinga loyiqligini ta'kidladi.
 
BMT Bolalar jamg‘armasi – YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamadzoda samimiy qabul, xayrli tilak va mazmunli nutq uchun minnatdorchilik bildirdi. Munir Mamadzoda o‘z so‘zi davomida bolalar huquqlarini ta'minlash, manfaatlarini himoya qilish, sog‘lig‘ini asrab-avaylash borasidagi yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatilgani, yangilanayotgan O‘zbekistonda bu boradagi xayrli ishlarni yanada rivojlantirishga imkoniyat va sharoitlar yaratilayotgani, hamkorlikdagi dasturlarni amalga oshirishda zamonaviy axborot texnologiya va metodlardan foydalanish zarurligi, dasturlarning keng yoyilishi va amalga oshishida diniy soha vakillarining ahamiyati nihoyatda kattaligini qayd etdi.
 
Yig‘ilish so‘nggida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi va YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi o‘rtasida hamkorlikka oid Memorandum imzolandi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha qo’mita

Поделиться