O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Boku “Katta dubulg‘a” turniriga qur’a tashlandi
2022-11-04 | Sport
Ozarbayjon poytaxtida dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi navbatdagi musobaqa start oladi. Ma’lum qilganimizdek, unda O‘zbekiston terma jamoasi 19 nafar sportchi bilan ishtirok etadi. Bugun musobaqadan avval o‘tkazilgan rasmiy tadbirlar qatorida qur’a tashlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, hamyurtlarimiz Parij-2024 yo‘lidagi muhim reyting ochkolari va medallar uchun kurashni quyidagi raqiblarga qarshi boshlashadi:
Erkaklar:
-60 kg: Dilshod Baratov – Baurjan Narbayev (Qozog‘iston)
-60 kg: Kemran Nurillayev – Muhammad Mahmadizoda (Tojikiston) / Bekirbek Morgoyev (Ukraina)
-66 kg: Azizbek Ortiqov – Muhammed Demirel (Turkiya)
-66 kg: Muhriddin Tilovov – Alberto Martin (Ispaniya)
-73 kg: Shahram Ahadov – Behruzi Hojazoda (Tojikiston)
-73 kg: Murodjon Yo‘ldoshev – Adam Stodolski (Polsha) / Valterri Olin (Finlyandiya)
-81 kg: Ramazon Allaberdiyev – Vladimir Axalatski (Gruziya)
-90 kg: Jahongir Mamatrahimov – Omer Aydin (Turkiya)
-90 kg: Jaloliddin Qurbonmurodov – Martin Mattias (Germaniya)
-100 kg: Otabek To‘raboyev – Qaysar Xan (Pokiston)
+100 kg: Alisher Yusupov – Yelle Snippe (Niderlandiya) / Munir Ertug‘ (Turkiya)
+100 kg: Shohruh Baxtiyorov – Azamat Chotchayev (Bahrayn) / Tog‘rul Salmonov (Ozarbayjon)
-52 kg: Diyora Keldiyorova – Binta Ndiaye (Shveysariya) / Gultaj Mammadaliyeva (Ozarbayjon)
Ayollar:
-52 kg: Sita Qadamboyeva – Kelli Deguchi (Kanada)
-57 kg: Shukurjon Aminova – Arleta Podolak (Polsha)
-57 kg: Nilufar Ermaganbetova – Kitti Kovash (Vengriya)
-63 kg: Sevinch Isoqova – Kerem Primo (Isroil)
-70 kg: Shohista Nazarova – Nyam Erdene Batsuri (Mo‘g‘uliston) / Eboni Daley (Yamayka)
-78 kg: Irisxon Qurbonboyeva – Natasha Ausma (Niderlandiya)
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi