O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Poytaxtimizda navbatdagi Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi bo‘lib o‘tadi

2022-10-28 | Iqtisodiyot

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida vazirning birinchi o‘rinbosari Nozim Xolmurodov boshchiligida 2022-yil 14-18-noyabr kunlari Toshkent shahrida Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasini yuqori tashkiliy darajada o‘tkazish va 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan ichki bozorda talabga ega mahsulotlar ishlab chiqarish dasturini shakllantirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda taʼkidlanganidek, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-martdagi “2022-yilda hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 134-sonli qaroriga muvofiq sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, kichik biznes subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, yangi ishlab chiqarish korxonalari mahsulotlarini sotish uchun bozorlarni shakllantirish maqsadlarida joriy yilda mamlakatimizning 13 ta hududida tarmoqlararo sanoat yarmarkalari o‘tkazildi. Mazkur yarmarkalarda 4,4 trillion so‘mlik mahsulot yetkazib berish bo‘yicha 7 ming 700 dan ortiq shartnoma tuzildi. Shundan, hududiy ishlab chiqaruvchilar tomonidan tuzilgan shartnomalar 935,3 mlrd so‘mni, tarmoq korxonalari tomonidan tuzilgan shartnomalar 3,4 trln so‘mni tashkil etdi.

Yig‘ilishda Toshkent shahrida Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish ishlari ham muhokama qilindi. Keng turdagi mahsulotlarni yetkazib berish bo'yicha shartnomalar tuzishni nazarda tutgan holda tadbirning yuqori natijadorligini ta'minlash uchun uni tashkil etishda nostandart yondashuv va formatlardan foydalanish zarurligiga alohida e'tibor qaratildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться