O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Sportni rivojlantirish vaziri Xalqaro kurash assotsiatsiya bosh kotibi bilan uchrashuv oʻtkazdi
2022-10-28 | Sport
Bugun, 28-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov Xalqaro kurash assotsiatsiya bosh kotibi va texnik direktori janob Muhammad Rizo Nassiri Nejad bilan uchrashdi.
Uchrashuvda kurashni rivojlantirish va jahon darajasiga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.
Xalqaro kurash assotsiatsiya bosh kotibi joriy yilning noyabr oyida Punа shahrida (Hindiston) kurash boʻyicha kattalar oʻrtasida oʻtkaziladigan jahon chempionati va Kurash xalqaro assotsiatsiyasining navbatdagi Kongressida Adxam Ikramovni faxriy mehmon sifatida ishtirok etishi uchun taklif qildi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar kurashni rivojlantirish manfaati yoʻlida doimiy hamkorlik qilishga kelishib oldilar.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi