O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Marg‘ilonda “Atlas bayrami”: WCC sertifikati, yarmarkalar, liboslar kolleksiyasi…

2022-10-22 | Turizm

20-oktabr kuni Marg‘ilon shahrida “Atlas bayrami” V xalqaro an’anaviy to‘qimachilik festivali boshlandi. Ushbu festival ijodkorlikni qo‘llab-quvvatlash, an’anaviy o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlarini asrab-avaylash va ommalashtirishga qaratilgan.

22-oktabrga qadar davom etadigan tadbirda turli mamlakatlardan mehmonlar ishtirok etmoqda – bular Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Malayziya, Hindiston, Turkiya, Tailand, Bangladesh, Indoneziya, AQSH, Latviya, Mo‘g‘uliston, Italiya va boshqa davlatlar vakillaridir. 

Festival O‘zbekiston Respublikasi Turizm va Madaniy meros vazirligi, UNESCO’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi, UNESCO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi, Farg‘ona viloyati hokimligi, Marg‘ilon shahar hokimligi, Marg‘ilon hunarmandchilikni rivojlantirish markazi va UNFPAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida tashkil etildi.

20-oktabr kuni festivalning rasmiy ochilish marosimida Butunjahon hunarmandlar kengashi prezidenti Saad al-Qaddumiy Marg‘ilon shahrining World Crafts Council – Jahon hunarmandchilik kengashi tarmog‘iga kiritilganligi to‘g‘risidagi sertifikatni Marg‘ilon shahar hokimi Adham Ziyovuddinovga topshirdi. Shunday qilib, “Jahon ipak va Ikat hunarmandlari shahri” maqomi Marg‘ilonning an’anaviy o‘zbek hunarmandchiligini asrab-avaylashdagi muhim rolini yanada oshiradi.

Ochilish marosimidan so‘ng Erkin Vohidov nomidagi ijodkorlar bog‘ida bayram tantanalari, teatrlashtirilgan musiqali tomoshalar boshlandi, hunarmandlar shaharchasi yarmarkasi ochildi, unda O‘zbekistonning barcha viloyatlaridan hunarmandlar, shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Hindiston vakillari ishtirok etdi.

Festivalning birinchi kuni yakunida Marg‘ilon hunarmandchilikni rivojlantirish markazida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikistonning taniqli dizaynerlari liboslari kolleksiyasi namoyishi bo‘lib o‘tdi. Dizaynerlar o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlarining xalqaro maydonda mashhurligini oshirish uchun o‘zbek elementlaridan foydalangan holda o‘z g‘oyalarini taqdim etdilar.

Ta’kidlash joizki, festival milliy va xalqaro hunarmandlar, ishlab chiqaruvchilar, an’anaviy to‘qimachilik mutaxassislari, dizaynerlar va moda mutaxassislarini birlashtirgan holda ijodkorlik va ijodiy iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlaydi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться