O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

AKT sohasida O‘zbekiston–Rossiya hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

2022-10-18 | Texnologiyalar

Bugun, 18-oktabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos Rossiya Federatsiyasi raqamli rivojlanish, telekommunikatsiyalar va ommaviy kommunikatsiyalar vaziri o‘rinbosari Bella Cherkesova bilan muloqot o‘tkazdi.

Onlayn tarzda tashkil etilgan ushbu uchrashuvda Rossiya Federatsiyasi Raqamli rivojlanish, kommunikatsiyalar va ommaviy kommunikatsiyalar vazirligi hamda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

AKT vaziri birinchi o‘rinbosari O. Pekos hozirda dunyo raqamli texnologiyalar ta’sirida shiddat bilan o‘zgarib borayotgani va har qanday davlatning jahon miqyosida yanada rivojlanishi va raqobatbardoshligi yuqori darajada axborot texnologiyalarining samarali rivojlanishiga bog‘liq ekanligini ta’kidladi.

Uchrashuv davomida zamonaviy raqamli texnologiyalarni jadal rivojlantirish O‘zbekiston davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligi aytib o‘tildi.

Mamlakat yalpi ichki mahsulotida axborot texnologiyalari sohasining ulushini ko‘targan holda keyingi besh yilda dasturiy mahsulotlar eksportini bir necha barobarga oshirishni ta’minlash maqsad qilingan.

Iqtisodiyotni raqamlashtirishni jadallashtirish bo‘yicha oldimizga qo‘yilgan vazifalarni bajarishda xorijiy hamkorlarning o‘rni katta.

Bugungi o‘tkazilgan uchrashuvda ham Axborot texnologiyalari sohasidagi jahon tendensiyalari va mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikning rivojlanish dinamikasini hisobga olgan holda, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi O‘zbekiston-Rossiya hamkorligini yangi bosqichga ko‘tarish masalalariga e’tibor qaratildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться