O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“ICT Week Uzbekistan – 2022” Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi

2022-10-18 | Texnologiyalar

Bugun, 18-oktabr kuni AOKAda Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjuman 24-27-oktabr kunlari Samarqand shahrida «Silk road Samarkand» majmuasida o‘tkaziladigan “ICTWEEK Uzbekistan – 2022” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligiga bag‘ishlandi.

Ma’lumki, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, axborot xavfsizligi va dasturiy ta’minot bozorini rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish, O‘zbekistonni axborot texnologiyalari sohasidagi mintaqaviy markaz – IT-xabga aylantirish, respublikada raqamli iqtisodiyot va “Elektron hukumat” tizimini joriy etish natijasida erishilgan yutuqlar, imkoniyat va imtiyozlarni namoyish etish, amaliy natijalar, rivojlanish tendensiyalarini muhokama qilish maqsadida “ICTWeek Uzbekistan” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligini 2022-yil 24-27-oktabr kunlari o‘tkazish rejalashtirilgan.

Tadbir Samarqand shahridagi “Silk road Samarqand” yangi xalqaro turizm markazi hududida yirik xorijiy va mahalliy kompaniyalar o‘zlarining yangi texnologik yechimlarini taqdim etadilar.

“ICTWEEK 2022” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi 2004-yildan buyon har yili o‘tkazib kelinmoqda. Oxirgi 18 yil davomida ushbu tadbir an'anaviy tarzda bir qator ixtisoslashgan tadbirlarni yagona formatda birlashtirib keladi.

Mazkur AKT haftaligi doirasida quyidagi tadbirlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan:

 “ICTWEEK Uzbekistan” sammiti – O‘zbekiston Respublikasida axborot texnologiyalari sohasida erishilgan natijalar va islohotlarni muhokamasiga qaratilgan tadbir;

 “Digital Eurasia” forumi – axborot texnologiyalari sohasidagi muammolarni hal etish masalalari va ushbu sohadagi muhim islohotlarni muhokama qilishga qaratilgan xalqaro tadbir;

“ICTEXPO” ko‘rgazmasi – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida milliy va xalqaro ishlanmalar va yutuqlarni namoyish etishga qaratilgan xalqaro ko‘rgazma;

“BPO sammiti” - masofadan xizmatlarni ko’rsatish outsorsing yo’nalishida yuqori tajribaga ega yirik xalqaro IT kompaniyalari o‘zaro tajriba almashadi.

Shu bilan birga, “IT-ta’lim sammiti” – IT ta’lim yo’nalishidagi jahon tajribalarini hayotga tadbiq etish masalalari muhokama qilinadi. “CIO SUMMIT” – IT sohasida nodavlat notijorat kompaniyalari va davlat tashkilotlarining o‘zaro hamkorlik uchrashuvlari o‘tkaziladi.

 Shuningdek,

– Aloqa sohasidagi hududiy hamdo‘stlik (AS’HH) tashkiloti Aloqa ma’muriyatlari rahbarlari Kengashi va AS’HH qoshidagi MDHga a’zo davlatlarning axborotlashtirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvi kengashining navbatdagi qo‘shma yig‘ilishi (AS’HHning 30 yilligiga bag‘ishlangan AS’HH Kengashi yig‘ilishi);

– Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlarning AKT sohasiga mas’ul vazirlik va idoralar rahbarlarining navbatdagi yig‘ilishi;

– Xalqaro elektraloqa ittifoqining “Raqamli transformatsiya orqali raqamli ekotizimlarni rivojlantirish mavzusida MDH davlatlari uchun seminarlari tashkil etiladi.

Jami 4000 kv.m maydonda tashkil etiladigan “ICTEXPO” ko‘rgazmasida jami 100 dan ziyod xorijiy va mahalliy kompaniyalar ishtirok etishi kutilmoqda.

Tadbirda 60 dan ortiq xorijiy yirik kompaniyalar – Meta, Plug and Play, Nokia, ZTE, Huawei, Innotech, Yandex, Astana hub hamda Belarus Respublikasining “Yuqori texnologiyalar parki” va IT Park rezidentlari, hamda axborot texnologiyalari sohasidagi mahalliy yirik kompaniyalar – Uzcard, Payme, Uzbektelecom, Uzinfocom, Unicon kompaniyalari qatnashadi.

“Samarqandda tashkil etilayotgan AKT haftaligi barcha IT sohasi vakillari va yurtimizning shu sohaga qiziqishi bor yoshlar uchun o‘rganish, ko‘nikma hosil qilish, katta tajriba almashish, bilim olish maydoniga aylanishi mumkin. Shuning uchun hammani ushbu tadbirda faol qatnashishga taklif etib qolamiz”, – deya ta’kidladi AKT vaziri Sherzod Shermatov anjuman davomida.

Bugungi bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ushbu haftalikka tayyorgarlik jarayonlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. O‘z navbatida, jurnalist va blogerlar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar taqdim etildi.  

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться