O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Murojaatlar bilan ishlovchi xodimlarning malakasi oshiriladi

2022-10-10 | Jamiyat

Hukumat qarori bilan (582-son, 07.10.2022-y.) “Davlat organlari va tashkilotlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ish olib boruvchi xodimlari malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi” nizom tasdiqlandi.

Qarorga koʻra, murojaatlar bilan ish olib boruvchi xodimlarning malakasini oshirish va oʻqitishning asosiy vazifalaridan biri, murojaatlar bilan ishlash sohasidagi vaziyatni tizimli nazorat qilish va monitoring olib borish koʻnikmalarini oʻrgatish hisoblanadi.

Murojaatlar bilan ish olib boruvchi xodimlar malakasini oshirish har 3 yilda kamida bir marta amalga oshiriladi.

Xodimlar malakasini oshirish bilan bogʻliq xarajatlar ularni malaka oshirishga yuborgan tashkilotning hisobidan qoplanadi.

Malaka oshirish kursida oʻqitish vaqti 12 soatni tashkil etadi.

Malaka oshirish quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:

▫️taʼlim muassasasi va uning filiallarida oʻqitish;

▫️xodimlarning ish joyida oʻqitish;

▫️masofaviy taʼlim orqali oʻqitish.

Malaka oshirish kurslari oʻquv dasturiga muvofiq belgilangan mavzular (modullar) boʻyicha sinov imtihonini topshirish bilan yakunlanadi.

Manba: «Yangi O"zbekiston»

Поделиться