O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yangiobodda "Keksalar haftaligi" doirasida tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda

2022-10-07 | Jamiyat

Yoshi ulug‘larni hurmat qilish, ularni e'zozlash va qadriga yetish - har birimiz uchun eng muhim qadriyatlardan biri hisoblanadi. Shu yilning 3-9-oktyabr kunlari yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan "Keksalar haftaligi" ham manashunday ezgu qadriyatlarimiz asosida tashkil etilmoqda.

Yangiobod tumanining "Xo‘jamushkent" qishloq fuqarolar yig‘inida haftalik doirasida bo‘lib o‘tgan "Uch avlod uchrashuvi" ibratli fikr-mulohazalarga boy o‘tdi.
 
Tadbirda keksa nuroniylar va nafaqadagi ustozlar ishtirok extishib, o‘zlarining bosib o‘tgan ibratli hayot yo‘llari haqida yoshlarga hikoya qilishdi.
 
“Keksalarni e'zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish — xalqimizga xos ezgu fazilat” g‘oyasi ostida bo‘lib o‘tgan tadbir doirasida nuroniy otaxonu-onaxonlar hamda yoshlar o‘rtasida shaxmat, shashka va stol tennisi musobaqalari ham bo‘lib o‘tdi.

Manba: Jizzах vilоyati hоkimligi

Поделиться