O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro yuk tashish xavfsizligini yana-da takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

2022-09-29 | Iqtisodiyot

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasining transport bo‘limi boshlig‘i Valter Nissler boshchiligidagi delegatsiya bilan barqaror xalqaro savdoning o‘sishi, transport yo‘laklari bo‘ylab yuk va yo‘lovchi tashish xavfsizligini mustahkamlash yo‘lida mamlakatimizning tranzit va transport salohiyatini yana-da mustahkamlashning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Logistika sohasida kichik va xalqaro biznes sohasini rivojlantirish, transport tizimini raqamlashtirish, shuningdek, yo‘l bo‘yi infratuzilma obyektlarini tashkil qilishga qaratilgan loyihalarga xorijiy investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Mazkur masalalarni Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz davlatlari bilan muhokama qilish maqsadida BMT YEIK ko‘magi bilan joriy yilning 26-27-oktyabr kunlari Toshkent shahrida SPEKA dasturi ishtirokchi davlatlari Ishchi guruhi yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться