O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasida "Oila va xotin-qizlar" ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlik.

2022-09-27 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilga mo‘ljallangan demografik barqarorlik konsepsiyasi muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbatida demografik vaziyatning joriy holati, rivojlanish tendensiyasi  va mavjud muammolar xususida ham so‘z bormoqda.

O‘zbekistog MDH dagi eng yuksak demografik salohiyatga ega davlat hisoblanib, 2021-yilda mintaqa aholisining 11,9 foizi va Markaziy Osiyo mintaqasining 46,7 foizi mamlakatimiz hissasiga to‘g‘ri kelgan. Ya’ni O‘zbekiston aholisi yuqori sur’atda ko‘payayotgan mamlakatlar sirasiga kiradi. Biroq shunga qaramay O‘zbekistonda demografik konsepsiya ishlab chiqilmagan edi.

Bunga sabab, demografiya sohasida salbiy tendensiyalar va muammolar sabablarini asoslovchi tadqiqotlar yetishmaydi: yagona demografik siyosat yurituvchi idora mavjud emas: demografik jarayonlarni tahlil qilish va o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lgan funksiya va vazifalar qator vazirlik va idoralarning nizomlariga kiritilgan bo‘lib, ularni yagona koordinatsiya qiluvchi organ mavjud emas: demografik jarayonlarni tahlil qiluvchi akademik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi ilmiy-tadqiqot markazlari, oliy ta’lim muassasalari deyarli yo‘q. Ushbu yo‘nalishda tadqiqotlar yetarli emas, xalqaro tashkilotlar, xorijiy o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yetarli tizimli hamkorlik o‘rnatilmagan. 
 
Davra suhbatini boshqarib borgan Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, "Oila va xotin-qizlar"ilmiy-tadqiqot instituti direktori, professor Nodira Egamberdiyeva masalaning aynan shu jihatlariga to‘xtalib o‘tdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

Поделиться