O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston davlat chegarasi boʻyicha qoʻshma Bayonnoma imzolandi

2022-09-27 | Siyosat

Ushbu bayonnoma Oʻzbekiston-Qirgʻiziston davlat chegarasining ayrim uchastkalari toʻgʻrisidagi yangi shartnoma loyihasini kelishish tartibini boshlash imkonini beradi.

Avval xabar berganimizdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ishchi tashrif bilan Qirgʻizistonda boʻlib turibdi.

Oʻzbekiston va Qirgʻizistonning oʻzbek-qirgʻiz davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish boʻyicha hukumat delegatsiyalari tomonidan Oʻzbekiston va Qirgʻiziston hukumat delegatsiyalari qoʻshma yigʻilishi bayonnomasi imzolandi, deya xabar beradi Qirgʻiziston Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati.

Ushbu bayonnoma Oʻzbekiston-Qirgʻiziston davlat chegarasining ayrim uchastkalari toʻgʻrisidagi yangi shartnoma loyihasini kelishish tartibini boshlash imkonini beradi.

Hujjatni Oʻzbekiston tomonidan Bosh vazir Abdulla Aripov, Qirgʻiziston tomonidan – Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi raisi, Qirgʻiziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisi oʻrinbosari Qamchibek Tashiyev imzoladi.

Manba: «Yangi O"zbekiston»

Поделиться