O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Elektron shifoxona” axborot tizimi joriy etilmoqda
2022-09-26 | Sog‘liqni saqlash
Raqamlashtirishga qaratilgan kompleks va tizimli choralarni talab qiluvchi sohalardan biri – bu sog‘liqni saqlash tizimidir. “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasi doirasida Sirdaryo viloyatida bu borada keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, “MEDHub” MCHJ tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining hududiy boshqarmasi, “O‘zkomnazorat” hududiy inspeksiyasi hamda Sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyatdagi 22 ta statsionar tibbiyot muassasasida “Yagona elektron tibbiy karta” va “Elektron retsept” modullarini o‘z ichiga olgan, shuningdek, statsionarni boshqarishni avtomatlashtirish va boshqa imkoniyatlar bilan ta’minlovchi “Elektron shifoxona” namunaviy axborot tizimi sinov tarzida joriy etildi.
Bu jarayonda mutaxassislar tomonidan tibbiyot xodimlarining tizimdan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalari ham oshirib boriladi.
Sh.Suyarov
Manba: O'zA