O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Samarqand – yer yuzining sayqali”

2022-09-16 | Jamiyat

Shanxay hamkorlik tashkilotining yigirma ikkinchi sammiti arafasida Samarqand viloyat hokimligi tomonidan “Ma’naviyat” nashriyotida shu nomdagi kitob-albom chop etildi.

“Samarqandga bejiz “Yer yuzining sayqali”, deya ta’rif berilmagan. Negaki, bu zamin insoniyat sivilizatsiyasida muhim rol o‘ynagan, tarix sahifalarida nomi zarhal harflar bilan yozilgan va o‘chmas iz qoldirgan. Samarqand- ilm-fan, madaniyat va san’at beshigi, ulug‘vorlik, taraqqiyot va yuksalish timsoli...”

Kitob shunday satrlar bilan boshlanadi va unda Samarqandning paydo bo‘lish tarixidan boshlab dunyo tamadduniga yuz tutishi va bugungi kunigacha bo‘lgan davr ma’lumot va fotosuratlar asosida yoritib berilgan. 

Shuningdek, unda Samarqand viloyati hududidagi noyob moddiy-madaniy meros ob’ektlari, osori-atiqalar, xalqimizning o‘ziga xos madaniyati, an’ana va qadriyatlari, milliy hunarmandchiligi, bayram va festivallari haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Viloyatning iqtisodiy imkoniyatlari, turistik salohiyati, sanoat, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, ta’lim va boshqa sohalarga oid qimmatli ma’lumotlar va suratlar kitobxonni befarq qoldirmaydi.

– Samarqand haqidagi bunday kitob-albom bundan 15- yil avval – 2007- yilda Samarqand shahrining 2750 yilligi munosabati bilan tayyorlangan edi, – deydi ushbu kitob-albom ishchi guruhi a’zosi M.Ibodullayev. – Lekin unda ham ko‘proq shahar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Mazkur kitob-albomda esa viloyatning tarixi, madaniyati, iqtisodiyoti va boshqa sohalariga oid eng so‘nggi ma’lumotlar kiritilgan. Albatta, keyingi yillarda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari tufayli yaratilgan yangi ob’ektlar, sanoat korxonalari to‘g‘risidagi ma’lumot va suratlar o‘rin olgan. Shuningdek, viloyatning o‘ziga xos go‘zal tabiati aks etgan betakror suratlar borki, ular kishiga o‘zgacha zavq berib, hayrat va havas uyg‘otadi.

Kitob-albom matni o‘zbek, rus va ingliz tillarida yozilgan.

Manba: O'zA

Поделиться