O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tashkent Music Fest 2022 – kuz mavsumining yorqin tadbiri

2022-09-09 | Jamiyat

Joriy yilning 9-11-sentyabr' kunlari Tashkent Music Fest 2022 – uch kunlik quvonch va hissiyotlarga boy hodisasi bo‘lib o‘tadi!

Toshkent shahar hokimligi tomonidan tashkil etilgan festivalda poytaxtimiz aholisi va mehmonlari nafaqat jonli musiqa va raqslardan bahramand bo‘lishlari, balki o‘zlarini ham chinakam musiqachi sifatida sinab ko‘rishlari, raqs tushish mahoratini namoyish etishlari, taklif etilgan taniqli mehmonlar bilan muloqot qilishlari mumkin.

Festivalga yurtimizning mashhur ijrochi va didjeylari bilan bir qatorda, xorijlik yulduzlar ham taklif qilingan:

– 9- sentyabr' kuni Rossiyaning mashhur Gayazovs Brothers guruhi o‘zlarining ko‘plab muxlislarga ega xit-qo‘shiqlari bilan yoshlarni quvontiradi;

– 10- sentyabr' – latofatli Minelli Yevropa va MDH davlatlari xit-paradlarini zabt etgan qo‘shiqlarini jonli ijroda taqdim etadi;

– 11- sentyabr' – bir necha yillar davomida top-chartlarda yuqori o‘rinlarni egallagan HammAli & Navai dueti festival' muxlislari uchun sahnaga chiqadi.

Bundan tashqari, poytaxtlik DJ King Macarella, DJ Pashkov, DJ Sam, DJ Frost, DJ Gera, DJ Safronov, raqs jamoalarining chiqishlari va fleshmoblari a'lo kayfiyatingizga hissa qo‘shadi.

Maxsus taklif qilingan mehmon – QVZ Oliy ligasining chempioni, Aziya MIX jamoasining yetakchisi Eldiyar Kenensarov oqshomlarni quvnoq kayfiyatda o‘tkazishingizni ta'minlaydi.

Bu hali hammasi emas! Tashrif buyuring, yilning keng ko‘lamli open-air tadbirining guvohi bo‘ling!

Manzil: Toshkent sh., Hyatt Regency mehmonxonasi va A.Navoiy nomli Milliy kutubxonasi oldidagi hudud
Boshlanish vaqti: 19:00

Tadbirga kirish erkin.

Manba: Toshkent shahar hokimligi

Поделиться