O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Eksportyor korxonalar vakillari va tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi
2022-08-24 | Iqtisodiyot
“O‘zbekiston temir yo‘llari”AJ Namangan viloyati bo‘limi, Namangan viloyati Transport boshqarmasi hamda viloyat IIB Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi bilan hamkorlikda eksportyor korxonalar vakillari va tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Tadbirda temir yo‘l transportida yuk tashuvlarini amalga oshirishda tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar to‘g‘risida mutaxassislar tomonidan batafsil ma’lumot berildi.
Xususan, “Yagona darcha” tamoyili asosida yuk egalariga yuk tashish xizmatlarini elektron tarzda taqdim etishga qaratilgan avtomatlashtirilgan axborot tizimining ishga tushirilganligi, ushbu tizim afzalliklari hamda undan foydalanish tartibi tushuntirildi.
Shuningdek, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida temir yo‘l orqali yuklarni tashishda moslashuvchan tarif siyosati olib borilayotganligi hamda o‘rnatilgan tarif imtiyozlari yuzasidan ma’lumot berildi.
Tadbir davomida tadbirkorlar tomonidan bildirilgan takliflar va ularning murojaatlari yechimini ta’minlash yuzasidan mutasadilarga ko‘rsatma berildi.
Manba: O‘zbеkistоn Respublikasi trаnspоrt vazirligi