O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O'zbekiston, Ozarbayjon va Turkiya o’zaro savdo hajmini 2 barobarga oshirish niyatida

2022-08-03 | Iqtisodiyot

O'zbekiston, Ozarbayjon va Turkiya tashqi ishlar, savdo, iqtisodiyot va transport vazirlarining birinchi uch tomonlama uchrashuvi bo'lib o'tdi. Uch davlat Prezidentlarining kelishuvlariga muvofiq tashkil etilgan ushbu mutlaqo yangi muloqot mexanizmi ko'plab ustuvor masalalar bo'yicha manfaatlar kesishadigan nuqtalarni topishga imkon berdi.

Uchrashuv davomida tashqi siyosat masalalari va mintaqaviy hamkorlik imkoniyatlari, iqtisodiyot, savdo, investitsiyalar va transport sohalarida uchala mamlakat birlashgan qudrat va salohiyatini to'liq ro'yobga chiqarishga qaratilgan sa'y-harakatlar yuzasidan fikr almashildi.

So'nggi besh yil ichida O'zbekistonning Ozarbayjon va Turkiya bilan savdo aylanmasi ikki baravarga oshgani, 2021 -yil oxiriga kelib bu ko'rsatkich 3,5 milliard dollarga yetgani aytildi. O'zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o'rinbosari Aziz Kudratov mamlakatlar o'rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini ikki baravar oshirish uchun barcha zarur shart-sharoitlar mavjudligini ta'kidladi. Bu munosabatlarni mustahkamlashning ustuvor yo'nalishlaridan biridir. O'zbekiston Ozarbayjon va Turkiyaga texnika, o'zbek to'qimachiligi mahsulotlari, poyabzal va oziq-ovqat yetkazib berish hajmini oshirish imkoniyatiga ega.

Bozorlarga o'zaro kirishni osonlashtirish uchun yangi elektron tijorat platformasini yaratish taklif qilindi. Bu tadbirkorlar, eksportchilar, importchilar o'rtasida muloqotni osonlashtirib, tovarlarni yanada arzon narxlarda sotish imkonini beradi.

Shuningdek, ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantirish, energetika sohasida hamkorlik qilish va uch mamlakatning yuqori tranzit salohiyatidan foydalanish bo'yicha qo'shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ko'rib chiqildi. Shuningdek, hududlararo hamkorlikni chuqurlashtirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi va shu munosabat bilan har yili O'zbekiston – Ozarbayjon – Turkiya hududlararo forumini tashkil qilish va uning Toshkentda birinchi yig'ilishini o'tkazish taklif qilindi.

Uchrashuv yakunida Forum maydonlaridagi barcha kelishuvlarni o'z ichiga olgan Toshkent deklaratsiyasi imzolandi. Erishilgan barcha kelishuvlar ko'plab mintaqaviy va xalqaro masalalar bo'yicha o'zaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться