O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Samarqandda ma'muriy va yordamchi binolarga 600 ta kichik quyosh fotoelektr stansiyalari o‘rnatiladi

2022-08-02 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishni kengaytirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi.

Mazkur yig‘ilishda Prezident barcha vazirlik va idora, hokimlik, mahalla binolarini muqobil energiyaga o‘tkazish vaqti kelganini ta'kidlab o‘tgan edi.
 
Mazkur topshiriq ijrosini ta'minlash maqsadida viloyat hokimligi tomonidan tashkilotlarning ma'muriy (yordamchi) binolariga kichik quyosh fotoelektr stansiyalarini o‘rnatish reja-taqsimoti ishlab chiqildi. Taqsimotga ko‘ra birinchi navbatda viloyatdagi korxona, tashkilotlarning ma'muriy va yordamchi binolariga 600 ta kichik quyosh fotoelektr stansiyalari o‘rnatiladi. O‘rnatiladigan stansiyalarning 360 tasi quyosh panellari bo‘lsa, 240 tasi quyosh suv isitish qurilmalaridir.
 
Bu haqda bugun viloyat hokimligida o‘tkazilgan hokimlik soatida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ma'lum qilib, iqtisodiyot tarmoqlari, aholi va ijtimoiy soha ob'ektlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish choralarini ko‘rishga barcha rahbarlar mas'ulligini bildirdi. Rahbarlarga korxona va tashkilotlarda elektr va issiqlik energiyasi xarajatlarini kamida 25 foizga qisqartirish bo‘yicha dastur ishlab chiqishga ko‘rsatma berdi.

Manba: Sаmаrqаnd vilоyati hоkimligi

Поделиться