O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Idoralararo ishchi guruhning yig‘ilishi

2022-08-02 | Ekologiya

Davlat ekologiya qo‘mitasida tegishli vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida tuzilgan Idoralararo ishchi guruhning dastlabki yig‘ilishi o‘tkazildi.

Ushbu yig‘ilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarni mustahkamlash, noruda foydali  qazilmalarni qazib olishning atrof-muhit, suv va yo‘l xo‘jaligi ob'ektlariga ta'siri yuzasidan 2022-yil 8-iyuldagi SQ-570-IV-son qarori bilan kiritilgan Parlament so‘roviga javoban tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish va unda ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha Senat a'zolariga asoslantirilgan tushuntirishlar berish haqida Vazirlar Mahkamasining tegishli topshirig‘i ijrosi doirasida tashkil etildi. 

Yig‘ilishda Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat geologiya qo‘mitasi, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi,  Davlat soliq qo‘mitasi, Transport vazirligi, Avtomobil' yo‘llari qo‘mitasi, Kadastr agentligi vakillari ishtirok etib, daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarni mustahkamlash, noruda foydali  qazilmalarni qazib olishning atrof-muhit, suv va yo‘l xo‘jaligi ob'ektlariga ta'sirining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

Bunda, eng ko‘p qazish ishlari olib borilayotgan va tabiiy landshaft buzilishi oqibatida ekologik holati yomonlashgan daryolarning muayyan qismlari bo‘yicha qum-shag‘al qazib olishni cheklash va moratoriy joriy qilish hamda shartnoma va ruxsatnomalarni bosqichma-bosqich bekor qilish bo‘yicha Davlat ekologiya qo‘mitasining Suv yer resurslari va yer osti boyliklarini muhofaza qilish boshqarmasining tashabbusi ko‘pchilik tomonidan ma'qullandi.

Shu bilan birga, qazish ishlarini amalga oshirish uchun tog‘li va tog‘ oldi o‘lkalarda joylashgan muqobil qum-shag‘al konlarini tadbirkorlarga taklif qilish, tadbirkorlarga qum-shag‘al kar'erlari tashkil qilish bo‘yicha tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishga amaliy yordam berish, ushbu hududlarda kichik sanoat zonalari tashkil qilish, muhandislik infrastruktura bilan ta'minlash masalalarini hal etish,  suv havzalari va suvni muhofaza qilish zonalarini obodonlashtirish, yashil rekreasiya zonalarini barpo etish, qirg‘oq bo‘yi mintaqalarida joylashgan tosh maydalash va saralash sexlarini kichik sanoat  zonalariga ko‘chirish va o‘rnida baliqchilik xo‘jaliklari, dam olish zonalari tashkil qilish, daryo va soylar o‘zanlarini tozalashda loyiha parametrlariga, gidrogeologiya, ekologiya talablariga hamda shartnoma shartlariga rioya qilish va marksheyderlik nazoratini kuchaytirish  kabi takliflar berildi.
 
Yig‘ilish yakuni bilan yuqoridagi masalalarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi loyihasi ko‘rib chiqildi va galdagi vazifalar belgilab  olindi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Поделиться