O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan bir guruh faollarni mukofotlash to‘g‘risida

2022-07-29 | Hujjatlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Mamlakatimizda millatlararo do‘stlik va totuvlikni, turli millat va elat vakillari o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik, bag‘rikenglik, mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, milliy madaniyatlar, urf-odat va an’analarni saqlash hamda rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi, xorijiy davlatlar bilan ikki tomonlama manfaatli munosabatlar va madaniy-ma’rifiy aloqalarni yanada kengaytirish, Yangi O‘zbekistonning tinchliksevar va xalqparvar siyosatini xalqaro miqyosda keng targ‘ib etish borasidagi katta xizmatlari, yosh avlodni vatanparvarlik va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ibratli ishlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin:

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Usmanov Nail
Kayumovich

-

«Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» milliy tadqiqot universitetining gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash kafedrasi dotsenti

Sharofidinov
Suvxidin

-

So‘x tumani nuroniylar jamoatchilik kengashi faoli, Farg‘ona viloyati

«Do‘stlik» ordeni bilan

Avazov Ergash Xidirberdiyevich

-

Respublika turkman milliy madaniy markazining Surxondaryo viloyati bo‘limi raisi

Adjiosman Zakir Sabriyevich

-

Toshkent shahridagi «Avdet» qrim-tatarlar
milliy madaniy markazi raisi o‘rinbosari

Adilbayev
Janabay

-

Qorao‘zak tumanidagi «Quralpa» ovul fuqarolar yig‘ini raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Blumxardt
Aleksandr

-

«Knauf» kompaniyasining MDH davlatlari bo‘yicha hamkor boshqaruvchilari bosh vakili

Veysalov Rasul

Latifovich

-

Sirdaryo tumani nuroniylar jamoatchilik kengashi faoli, Sirdaryo viloyati

Volodin Andrey

Yakovlevich

-

O‘zbekiston rus milliy madaniy markazining Namangan viloyati bo‘limi raisi

Gechu Sergey
Viktorovich

-

«O‘zbekiston metallurgiya kombinati»
aksiyadorlik jamiyatining 2-navli prokat sexi elektr uskunalarini ta’mirlash ustasi,
Toshkent viloyati

Yevtushenko Olga Anatolevna

-

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi «Alternativa kommunal plus» xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati raisi,
Toshkent shahri

Yog‘mirov Davlat

Cho‘liyevich

-

Qashqadaryo viloyati arab milliy madaniy markazi raisi o‘rinbosari

Iskenderov Usen Mutalipovich

-

O‘zbekiston uyg‘ur milliy madaniy markazi raisi

Kim Antonina
Ye-Senovna

-

O‘zbekiston koreys milliy madaniy markazlari uyushmasining Xorazm viloyati hududiy bo‘linmasi raisi

Kuliyeva Minsilu Mavletbayevna

-

Toshkent shahri boshqird milliy madaniy markazining boshqird-tatar guruhi xonandasi, shoira

Li Xiangrun

-

Samarqand shahridagi «Azia Metall Prof» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Samarqand viloyati

Mamedov Eldar
Kismir-ogli

-

Respublika ozarbayjon milliy madaniy markazining boshqaruv kengashi a’zosi

Miller Valentina Aleksandrovna

-

«Wiedergeburt» O‘zbekiston nemis milliy madaniy markazining Farg‘ona viloyati bo‘limi raisi

Mityuleva Valentina Vadimovna

-

«Gidroproyekt» aksiyadorlik jamiyatining gidrotexnika bo‘limi boshlig‘i, Toshkent shahri

Nazilov Dodo

-

Respublika tojik milliy madaniy markazining boshqaruv kengashi a’zosi

Narinbetov Turexan Kanatovich

-

O‘zbekiston qozoq milliy madaniy markazining Navoiy viloyati bo‘limi raisi

Nosirov Obidjon Xamidovich

-

O‘zbekiston qirg‘iz milliy madaniy markazining Andijon viloyati bo‘limi raisi

Ragimova Mexriban Ziyadxan kizi

-

Mirobod tumanidagi «Temiryo‘lchilar» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Toshkent shahri

Xaimov Mier

Raxmanovich

-

G‘allaorol tumanidagi «G‘allaorol kaliy fosfat» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari,
Jizzax viloyati

Shelyakina Lyudmila Konstantinovna

-

Toshkent shahridagi «The Big Smart Trade»

mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh hisobchisi

II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

Aslanova Yelena
Yurevna

-

Samarqand viloyati gimnastika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabining katta murabbiysi

Monich Nadejda

Moiseyevna

-

«Svetlitsa polska» O‘zbekiston polyak milliy madaniy markazining Buxoro viloyati bo‘limi raisi o‘rinbosari

«Shuhrat» medali bilan

Qalandarova Matluba Xamidovna

-

Do‘stlik tumanidagi «Manaslik chevarlar»

mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari,
Jizzax viloyati

Musabekov Baxtiyar Tursunbayevich

-

«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining «O‘zbekiston» lokomotiv deposi chilangari, Toshkent viloyati

Tleumuratov
Kuanishbay
Bazarbayevich

-

«Uzbekistan GTL» mas’uliyati cheklangan jamiyatining sintetik gaz ishlab chiqarish
sexi boshlig‘i

Soy Lyutsiya
Andreyevna

-

O‘zbekiston davlat simfonik orkestrining
oliy toifali orkestr artisti

 

O‘zbekiston Respublikasi

         Prezidenti                                                                                   Sh.MIRZIYOYEV

 

Toshkent shahri,

2022-yil 29-iyul

 

Manba: O'zA

Поделиться