O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Mehnat tartibini buzgan 5 mingdan ortiq mansabdorga 12 mlrd soʻmdan ortiq jarima qoʻllanildi
2022-07-27 | Jamiyat
Oʻtgan 6 oyda 14 mingta korxonada nazorat tadbiri oʻtkazilgan. Unda 41 ming 150 ta qonun buzilish holatlari aniqlangan.
AOKAda oʻtkazilgan brifingda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborot xizmati rahbari Mavjuda Mirzayevaning qayd etishicha, 5 ming 935 mansabdor shaxsga nisbatan 12 mlrd soʻmdan ortiq maʼmuriy jarima qoʻllanildi.
Qonun buzilishlar eng koʻp xalq taʼlimi tizimida (11 ming 916) qayd etilgan. Shuningdek, tibbiyot va maktabgacha taʼlim tashkilotlari ham mehnat qonunchiligi bilan bogʻliq eng koʻp muammolar kuzatilgan.
Oʻtgan olti oyda 623 nafar xodim noqonuniy ishdan boʻshatilganligi sababli ishga tiklandi, 1 ming 584 nafar fuqarolarning 8 mlrd. soʻmga yaqin ish haqi undirib berildi.
Manba: «Yangi O"zbekiston»