O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
ATB “Qishloq qurilish bank” yagona MFOga o‘tish jarayonini muvaffaqiyatli yakunladi
2022-07-27 | Iqtisodiyot
Prezidentimizning 2020-yil 12-maydagi “2020-2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi hamda “Raqamli O‘zbekiston-2030 strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalaga oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari ijrosi bo‘yicha bank tomonidan raqamlashgan zamonaviy bank biznesi va xizmatlari joriy qilinmoqda.
Xususan, mijozlarga yanada sifatli va zamonaviy xizmatlar ko‘rsatish maqsadida, “PricewaterhousCoopers“ xorijiy konsalting kompaniyasi bilan hamkorlikda strategiya ishlab chiqildi. Unda bankning texnologik infratuzilmasini modernizatsiya qilish hamda bank operatsiyalarini markazlashgan holda amalga oshirish bo‘yicha qator loyihalar ishga tushirish ko‘zda tutilgan.
Asosiy tamoyil bankning barcha jarayonlari va xizmatlari mijozlar manfaatiga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Shu asosda joriy qilingan yagona MFO texnologiyasi bir vaqtning o‘zida mijoz va bank uchun qator afzalliklarga egaligi bilan ahamiyatlidir.
Jumladan, mijoz hisobraqamlarining bank miqyosida unikalligi ularni tasarruf qilishda qulaylik yaratadi, mijozga bankning qaysi tarkibiy tuzilmasida hisobraqam ochganidan qat’i nazar, uning barcha hisobraqamlariga bankning istalgan tarkibiy tuzilmasi orqali xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi.
Masofadan xizmat ko‘rsatish tizimi orqali mijoz bankning istalgan tarkibiy tuzilmasida ochilgan o‘z hisobraqamlarini erkin tasarruf qilish imkoniyatiga ega buladi, mijoz bankning bir tarkibiy tuzilmasidan istalgan boshqa tarkibiy tuzilmasiga o‘tganida uning hisobraqamlari o‘zgarmaydi, faqat mijoz o‘tgan tarkibiy tuzilma hodimlariga uning hisobraqamlari bilan ishlash vakolati beriladi.
Shuningdek, mijoz bankning bir tarkibiy tuzilmasida boshlangan jarayonni (masalan, kredit olishda) ushbu bankning istalgan boshqa tarkibiy tuzilmasida davom etirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Mijozlar tomonidan ularning bank tarmoqlaridagi hisobvaraqlari o‘rtasidagi to‘lovlari bank xizmat haqisiz o‘tkaziladi, bozor talabidan kelib chiqib mijozlarga qulay joylarda tezkorlik bilan savdo nuqtalari tashkil etish, manzilini o‘zgartirish va qayta tashkil etish imkoniyatini beradi hamda bank transformatsiyasigacha bo‘lgan samarasiz tarmoqlangan boshqaruv tizimidan yuqori samarali markazlashgan boshqaruv tizimiga o‘tkaziladi.
Bir so‘z bilan aytganda, bankda Yagona MFO texnologiyasining joriy qilinishi mijozlar uchun maksimal qulaylik yaratilishiga, xizmat ko‘rsatish tezligi va sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Manba: O'zA