O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O'zbekiston Respublikasi TIV rasmiy vakili Y.Kabuljanovning OAV savollariga javoblari

2022-07-25 | Siyosat

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2022-yil 25-26 iyul kunlari Toshkent shahrida "Afg'oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot" xalqaro konferensiyasi bo'lib o'tadi. 

Tadbir arafasida O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida brifing tashkil etilib, unda TIV rasmiy vakili Yusup Kabuljanov jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Savol: Bo’lajak konferentsiyaning asosiy vazifalari haqida so’zlab bersangiz?

Javob: Tadbirning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

- Afg'oniston yo’nalishida xalqaro hamjamiyatning muvofiqlashtirilgan harakatlarini, ushbu mamlakatning iqtisodiy tiklanishi, afg’on xalqiga afg'on xalqiga shoshilinch gumanitar yordam ko'rsatish bo'yicha aniq takliflarni ishlab chiqish; 

- Afg’oniston yangi hukumati tomonidan jahon hamjamiyatining asosiy talablarini (keng vakillik asosida hukumat tuzish, xotin-qizlar huquqlariga rioya qilish va qizlarning to'laqonli maktab ta'limi olishini ta'minlash) bajarish jarayonini tezlashtirish masalasida xalqaro samarali muloqotni yo'lga qo'yish. Bu Afg'onistondagi milliy yarashuv jarayonini oxiriga yetkazishning asosiy sharti bo'ladi;

-Afg'oniston Muvaqqat hukumati tomonidan ushbu mamlakat hududidan qo'shni davlatlar, mintaqaning boshqa davlatlari va butun dunyo xavfsizligi manfaatlariga qarshi foydalanishga yo'l qo'ymaslik bo'yicha olgan majburiyatlarni tasdiqlash;

-Afg'onistonning chet eldagi moliyaviy aktivlariga qo’yilgan chekovlarni bekor qilish, shuningdek, mamlakat hududida transport-kommunikatsiya va energetika sohalarida turli infratuzilma loyihalarini amalga oshirish muhimligini tushuntirish.

Mazkur loyihalarning amalga oshirilishi nafaqat minglab ish o'rinlarini yaratishga, afg'on jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishga, balki Afg'oniston zaminida uzoq kutilgan tinchlik va barqarorlikni o'rnatishga xizmat qiladi.

Savol: Qaysi davlatlar va tashkilotlar tadbirda ishtirok etishlarini tasdiqladilar?

Javob: Ayni paytda konferensiyada Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi, Eron, Italiya, Ispaniya, Qozog'iston, Qatar, Qirg'iziston, Tojikiston, Xitoy, Norvegiya, Pokiston, Rossiya, AQSh, Turkiya, Yaponiya va boshqa mamlakatlarning Afg'oniston bo'yicha maxsus vakillari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning ustav organlari rahbarlari, Islom hamkorlik tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, xalqaro moliya institutlari vakillari, shuningdek, ilk marotoba tashqi ishlar vaziri v.b. Amir Xon muttakiy boshchiligidagi Afg'oniston muvaqqat hukumati delegatsiyasi ishtirok etishi kutilmoqda. 

Tadbirda jami 100 ga yaqin xorijiy delegatsiyalar qatnashadi.

Savol: Tadbir dasturi haqida ma'lumot bera olasizmi?

Javob: Konferensiyada delegatsiyalar rahbarlarining chiqishlari ko'zda tutilgan. Bundan tashqari, anjuman doirasida Afg'onistonni rivojlantirish va uning xalqaro jarayonlarga integratsiyalashuvi yo’lida O'zbekiston Respublikasi tomonidan amalga oshirilayotgan yirik loyihalarning taqdimotlari ham tashkil etiladi:

- "Termiz-Mozori-Sharif-Kobul-Peshovar" temir yo'li qurilishi loyihasi; 

- "Surxon-Puli-Humri" elektr uzatish liniyasini qurish loyihasi; 

- Gumanitar yordam ko'rsatish bo'yicha Xalqaro ko'p funktsiyali transport-logistika xabinining faoliyati; 

- Termiz shahridagi Afg'oniston fuqarolarini o'qitish ta'lim markazi faoliyati.

Xalqaro konferentsiya natijalariga ko'ra tashkilotchi mamlakatning bayonoti e'lon qilinishi kutilmoqda.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться