O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Turizm va madaniy meros vazirligida korrupsiya va unga qarshi kurashishga doir hisobot bo‘lib o‘tdi

2022-07-20 | Turizm

Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan 2021-yil 30-dekabrda “Komplaens nazorat va ichki audit xizmatining 2022-yil uchun mo‘ljallangan yillik o‘rganish chora-tadbirlari rejasi” tasdiqlangan edi.

Bugun vazirlik binosida joriy yilning 1-yarim yilligidagi vazirlik faoliyati bo‘yicha hisobot bo‘lib o‘tdi. Unda Bosh prokuratura mas'ul vakili va vazirlik xodimlari ishtirok etdi. 

Vazirlik faoliyatini tahlil qilar ekan, Kompleans nazorat va ichki audit xizmati rahbari Abdug’ani Mirzarahimov vazirlikning hududiy bo‘linmalari bosh boshqarmalarida ayrim kamchiliklar kuzatilganini ta’kidladi. 

Xususan, tizim tashkilotlari davlat xaridlarini tashkil etishda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi va O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni mezonlariga mos kelmaganligi sababli umumiy qiymati 1 450,0 mln.so‘mlik 1 ta tender savdolari bekor qilinib, qonun hujjatlariga muvofiq tender savdolariga qayta qo‘yilgani qayd etildi.

Shuningdek, o‘rganish davomida Turizm va madaniy meros vazirligining hududiy bosh boshqarmalarida faoliyatida qarzdorlik, xodimlarga maosh to’lashda asossiz mablag’lar sarflanganligi, kamomad va boshqa kamchiliklar ma’lum bo’ldi. 

Abdug‘ani Mirzarahimov Turizm va madaniy meros vazirligi, albatta, bunday kamchiliklarni bartaraf etish borasida bir qator choralarni ko’rganligini alohida qayd etdi. 

Xususan: 
— jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiyaga oid huquqbuzarliklari yuzasidan axborotlarni qabul qilish bo‘yicha Vazirlikning “@motach_anticorruption_bot” telegram boti tashkil etildi; 
— Turizm va madaniy meros vazirligining “www.uzbektourism.uz” saytidagi “Korrupsiyaga qarshi” rukni takomillashtirilib, “Xodimlar xatti-harakatiga oid korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha murojaat”, “Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoraviy hujjatlar” va “Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar” kabi boshqa qo‘shimcha ruknlar tashkil qilindi; 
— Turizm va madaniy meros vazirligi, uning hududiy bosh boshqarmalari va tizim tashkilotlarida korrupsiyaga oid qonunbuzarlik holatlari haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi Reglament ishlab chiqildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться