O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining sammitida ishtirok etadi

2022-07-19 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan 21-iyul kuni Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun Qirg‘izistonning Cho‘lponota shahriga tashrif buyuradi.

Qirg‘iziston raisligida o‘tadigan sammit ishida Qozog‘iston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi va Turkmaniston prezidentlari ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Mintaqa mamlakatlari yetakchilarining uchrashuvi kun tartibidan turli yo‘nalishlarda, shu jumladan savdo, transport va logistika, sanoat kooperatsiyasi, innovatsiyalar, oziq-ovqat xavfsizligi, turizm, madaniy-gumanitar almashinuv sohalarida amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari o‘rin olgan.

Alohida e’tibor Markaziy Osiyoning barqarorligi va izchil taraqqiyotiga zamonaviy tahdid va xatarlarga birgalikda qarshi turish borasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratiladi.

Sammit yakunida bir qator muhim ko‘p tomonlama hujjatlar qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.

Ta’kidlash lozimki, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlarini o‘tkazish tashabbusi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surilgan edi. 

Mintaqa yetakchilarining birinchi sammiti 2018-yil mart oyida Nur-Sulton shahrida, ikkinchisi 2019-yil noyabrda Toshkent shahrida, uchinchisi o‘tgan yilning avgust oyida Turkmanistondagi “Avaza” milliy sayyohlik zonasida bo‘lib o‘tdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Поделиться