O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Gruziya Bosh vaziri Irakliy Garibashvili O‘zbekistonga keldi

2022-07-19 | Siyosat

Gruziya Bosh vaziri Irakliy Garibashvili boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi Toshkentga keldi. Martabali mehmonni aeroportda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Tashrif “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga borish bilan boshlandi, I.Garibashvili O‘zbekistonnig qadim tarixi va yorqin bugungi kuniga hurmat tariqasida Mustaqillik monumenti poyiga guldasta qo‘ydi.

Delegatsiyaning navbatdagi yo‘nalishi “Texnopark” bo‘lib, u yerda mehmonlar ishlab chiqarish jarayoni, mahalliylashtirilgan yuqori texnologiyali mahsulotlar turlari bilan tanishdi.

 Iqtisodiy munosabatlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, mamlakatlar o‘rtasida erkin savdo rejimi mavjud ekanligini ta’kidlash joiz. O‘zbekiston Gruziyaga asosan sanoat tovarlari, kimyo mahsulotlari, ichimliklar, avtomobillar va transport uskunalarini yetkazib beradi. Gruziya, o‘z navbatida, farmatsevtika mahsulotlari, transport uskunalari, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa mahsulotlarni import qiladi. Oʻzbekiston hududida Gruziya kapitali ishtirokidagi 69 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Gruziyada Oʻzbekiston sarmoyasi ishtirokidagi 23 ta korxona faoliyat koʻrsatmoqda. 2017-yildan buyon mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 34,3 foizga o‘sib, 127,4 million dollarni tashkil etdi. Lekin ta’kidlanganidek, bu bilan chegaralanib qolinmaydi, yanada yuqori natijalarga erishish uchun mamlakatlarning oʻzaro xohish-irodasi, demakki, real imkoniyatlar mavjud.

17 ta zamonaviy, eksportga yoʻnaltirilgan va import oʻrnini bosuvchi ishlab chiqarishni birlashtirgan “Texnopark”ga tashrif chogʻida Gruziya Bosh vaziri mamlakatimizning ulkan investitsion va sanoat salohiyatiga eʼtibor qaratdi, shu nuqtai nazardan, bugungi kunda yangi qoʻshma loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish maqsadida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni yoʻlga qoʻyish ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yoʻnalishi boʻlib qolmoqda.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться