O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bollivud yulduzlari Toshkentga keladi

2022-07-18 | Madaniyat

Kinematografiya agentligida Hindistonning O‘zbekistondagi elchixonasi hamda Hindiston axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vazirligi vakillari bilan videomuloqot bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida tomonlar Hindiston delegatsiyasining sentyabr oyida o‘tkazilishi kutilayotgan Toshkent xalqaro kinofestivalidagi ishtiroki bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Unga ko‘ra, kinofestivalga Bollivud kinoyulduzlarining tashrifi va hind filmlarining namoyishini tashkil etish masalalari muhokama etildi. Shuningdek, “Kino 5 kunda” loyihasi uchun hindistonlik yosh kinoijodkorlarning ishtirokini ta’minlash bo‘yicha ham kelishib olindi. 

Videomuloqot so‘ngida ishtirokchilar joriy yil dekabr oyida Hindistonda bo‘lib o‘tadigan xalqaro kinofestival doirasida “O‘zbek kino kunlari”ni tashkil etish hamda ikki davlat o‘rtasida qo‘shma loyihalar yaratish masalalarini ham ko‘rib chiqishdi. 

Manba: O'zA

Поделиться