O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining QO‘ShMA QARORI

2022-07-15 | Hujjatlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022- yil 2- iyuldagi «Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etish to‘g‘risida»gi PF-164-son Farmoniga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida»gi Farmonini tasdiqlash haqida

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 78-moddasi birinchi qismining 19-bandiga va «Favqulodda holat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati

QAROR QILADILAR:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022- yil 13- iyuldagi «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022- yil 2- iyuldagi «Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etish to‘g‘risida»gi PF-164-son Farmoniga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida»gi PF-169-sonli Farmoni tasdiqlansin.

2. Ushbu Qo‘shma qaror darhol O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuborilsin.

3. Ushbu Qo‘shma qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasi 

Oliy Majlisi

Qonunchilik palatasi

Spikerining o‘rinbosari

O‘zbekiston Respublikasi

Oliy Majlisi Senatining

 

Raisi

U. Inoyatov   T. Norboyeva

Toshkent shahri,

2022 -yil 14- iyul

Manba: O'zA

Поделиться