O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish ishlari davom etmoqda
2022-07-14 | Texnologiyalar
Navbatdagi seminar joriy yilning 13-iyul kuni Jizzax viloyati hokimligida “Kiberxavfsizlik markazi” DUK hamda O‘zkomnazorat Davlat inspeksiyasining Jizzax viloyati hududiy inspeksiyasi hamkorligida viloyat, shahar va tuman hokimliklari, viloyatdagi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy boshqarmalari, boshqa tashkilot va idoralarning rahbar va mas’ul xodimlari ishtirokida o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonunning maqsad va vazifalari, kibertahdidlardan himoyalanish choralari to‘g‘risida yig‘ilish ishtirokchilariga keng tushunchalar berilib, berilgan savollarga “Kiberxavfsizlik markazi” DUK hamda “O‘zkomnazorat” Davlat inspeksiyasining Jizzax viloyati hududiy inspeksiyasi xodimlari tomonidan javoblar berildi.