O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Eron bilan transport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokkama etildi

2022-07-06 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev Eron Islom Respublikasi Sanoat, kon va savdo vaziri o‘rinbosari Alirizo Peymonpok bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tomonlar mamlakatlarimiz o‘rtasida transport va logistika sohasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish, xalqaro transport va tranzit yo‘laklari imkoniyatlaridan unumli foydalanish bilan bog‘liq jihatlarni muhokama etishdi.

Xususan, tomonlar mamlakatlarimiz o‘rtasida transport va tranzit yo‘nalishlaridagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma qo‘mitani tuzish yuzasidan fikr almashishdi.

Har ikki tomon vakillari mazkur qo‘mita faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi transport sohasidagi hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqishiga, O‘zbekiston va Eronni Afg‘oniston hamda Turkmaniston orqali bog‘lovchi yangi yo‘laklarni aniqlashga, shuningdek, hamkorlikda ulardan oqilona foydalanishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

Manba: O‘zbеkistоn Respublikasi trаnspоrt vazirligi

Поделиться