O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston-Koreya biznes-forumi savdo-iqtisodiy munosabatlarni chuqurlashtirish va kengaytirish maydonidir

2022-07-06 | Iqtisodiyot

Toshkentda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan O‘zbekiston-Koreya biznes uyushmasi (KO‘BU) hamda O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi hamkorligida tashkil qilingan O‘zbekiston-Koreya biznes-forumi o‘z ishini boshladi. Unda ikki mamlakat vazirlik, idora va ishbilarmon doiralar vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda Koreya biznesining «KAKAO Group», «Somang Global», «Hanshin Engineering & Construction», «Posco International», «HYUNDAI Construction», «DRB Group», «Dae Woo Construction», «ERA KOREA Co,. Ltd» kabi yirik kompaniyalar rahbarlari qatnashdi. Koreya delegatsiyasi tarkibiga jami bo‘lib 115 kompaniyaning 200 vakili kirdi.
 
Biznes-forumning tantanali ochilish marosimida ikkala tomonning asosiy ma'ruzachilari ishtirokchilar e'tiborini O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarning yuqori darajasiga qaratdilar. Ikkala mamlakat ham ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish va ishbilarmon doiralar o‘rtasida mustahkam to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatishga faol intilayotgani qayd etildi. Investitsiyaviy, sanoat va savdo hamkorligidagi muvaffaqiyatlar alohida ta'kidlandi.
 
Tadbirda Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Kim Sang Xi, O‘zbekiston-Koreya biznes uyushmasi raisi Kim Chang Keon, shuningdek, Koreyaning yetakchi kompaniyalari va O‘zbekiston tarmoq uyushmalari rahbarlari ham so‘zga chiqdilar. Qishloq xo‘jaligi, ta'lim, to‘qimachilik, tog‘-kon sanoati, elektrotexnika, farmasevtika va boshqa sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun salmoqli salohiyat mavjudligi qayd etildi.
 
Forum doirasida B2B va B2G formatlarida tashkil qilingan ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasidagi faol uchrashuvlar biznesning o‘zaro hamkorlikka qiziqishini o‘zida aks ettirdi. Ochiq va samimiy ruhda bo‘lib o‘tgan muloqotda tomonlar aniq loyiha takliflari asosida sheriklik istiqbollarini atroflicha muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
 
Koreya Respublikasi ishbilarmon doiralari delegatsiyasining tashrifi dasturi 7-iyulgacha davom etadi hamda Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida biznes-forumlar, shuningdek delegasiya a'zolarining sanoat ob'ektlariga tashriflarini o‘z ichiga oladi.
 
Forumning birinchi kuni yakunlari bo‘yicha Toshkent Sharqshunoslik universiteti, Koreya-O‘zbekiston biznes uyushmasi va “Edulink Global Co., Ltd.” (Koreya) kompaniyasi o‘rtasida akademik almashinuv hamda qo‘shma ta'lim loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida Bitimlar imzolandi.
 
Tarmoqlar va hududlararo iqtisodiy salohiyati bilan tanishish yakunida qishloq xo‘jaligi, ta'lim, sog‘liqni saqlash, shahar infratuzilmasini qurish va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha shartnomalar imzolanishi kutilmoqda.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться