O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

«Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida

2022-06-30 | Hujjatlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda faollik ko‘rsatib, o‘zining bilim va iqtidori, intiluvchanligi va tashabbuskorligi, halol va samarali mehnati bilan Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, Yangi O‘zbekistonni barpo etish va uning xalqaro nufuzini oshirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va yuqori salohiyatga ega, xalq manfaati va yurt istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan fidoyi va mard o‘g‘lonlarimizni munosib rag‘batlantirish maqsadida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika bo‘yicha komissiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli yigitlarini fan, ta’lim, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, san’at, sport, ishlab chiqarish, harbiy xizmat sohalari va huquqni muhofaza qilish organlaridagi faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi takliflari ilovadagi ro‘yxatga muvofiq ma’qullansin.

2. «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari tantanali vaziyatda topshirilsin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini ta’minlasin.

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti sohiblarining ibratli faoliyati, ularning noyob iste’dodi va erishgan yutuqlarini keng yoritib borish tavsiya etilsin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev

 

«Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar

RO‘YXATI

Kalbayev Arislanbek Bazarbayevich - Nukus shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)

Mamutov Sherzod Azamatovich - Qoraqalpoq davlat universitetining 2-bosqich talabasi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)

Abduraxmonov Akmaljon Yunusbek o‘g‘li - Andijon shahridagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi (Andijon viloyati)

Muxammadjonov Xojiakbar Zafarjon o‘g‘li - O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining 1-bosqich magistranti (Andijon viloyati)

Qo‘shayev Sharif Ergashevich - Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasining tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi guruh katta mutaxassisi (Buxoro viloyati)

Rajabboyev Lazizbek Zafarjonovich - Qorako‘l tumanidagi Xalqaro matematika maktabining 11-sinf o‘quvchisi (Buxoro viloyati)

Rahmatov Murodjon Abdusamat o‘g‘li - O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining 3-bosqich talabasi (Jizzax viloyati)

Rashidov Uchqun Ro‘zimurod o‘g‘li - Jizzax shahridagi «Eagle Consulting Invest» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori (Jizzax viloyati)

Qobilov Jurabek Musurmon o‘g‘li - Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo‘limi qutqaruvchisi (Qashqadaryo viloyati)

Raxmatov Anvar Raxmat o‘g‘li - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining 4-bosqich talabasi (Qashqadaryo viloyati)

Babayev Mirdodojon Sharofjon o‘g‘li - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Navoiy bo‘limi tayanch doktoranti (Navoiy viloyati)

Qurbonov Oybek Muhammatqulovich - Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetining konchilik fakulteti o‘qituvchisi (Navoiy viloyati)

Mamadaliyev Komron Ulug‘bek o‘g‘li - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 4-bosqich talabasi (Namangan viloyati)

Mirzaumidov Asilbek Shuxratjonovich - Namangan muhandislik-texnologiya institutining texnologik mashina va jihozlar kafedrasi katta o‘qituvchisi (Namangan viloyati)

Nurmamatov Asliddin Fazliddinovich - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy qism guruh komandiri o‘rinbosari (Samarqand viloyati)

Samadov Aziz Ilxomovich - Samarqand shahridagi «Secure Trucks» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari (Samarqand viloyati)

Musirmonov Tursunmurod Bahodir o‘g‘li - Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining 4-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati)

Xayitboyev Yorqinjon O‘rmonali o‘g‘li - Guliston davlat universitetining 2-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati)

Abduraxmonov Abdumalik Abdumanom o‘g‘li - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy qism guruh mutaxassisi (Surxondaryo viloyati)

Tojiyev Dilmurod Bahodir o‘g‘li - Toshkent davlat agrar universitetining 2-bosqich magistranti (Surxondaryo viloyati)

Abduraimov Yelnur Nurgaliyevich - O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy xizmatchisi (Toshkent viloyati)

Turdiyev Alisher G‘ulom o‘g‘li - Nurafshon shahridagi bolalar va o‘smirlar sport maktabining akademik eshkak eshish bo‘yicha murabbiysi (Toshkent viloyati)

Ismoilov Ulug‘bek Ilxomjon o‘g‘li - Toshkent tibbiyot akademiyasining 1-bosqich magistranti (Farg‘ona viloyati)

Qayumov Muhammadlaziz Ibroximjon o‘g‘li - O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisi (Farg‘ona viloyati)

Abdikarimov Faxriddin Baxrom o‘g‘li - Xorazm Ma’mun akademiyasining tayanch doktoranti (Xorazm viloyati)

Cabirov Shahzod Qudrat o‘g‘li - Urganch shahridagi «Data Union» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori (Xorazm viloyati)

Jamolov Azimjon Ravshan o‘g‘li - Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi (Toshkent shahri)

Stetsenko Nikita Andreyevich - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 4-bosqich talabasi (Toshkent shahri)

Manba: O'zA

Поделиться