O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Milliy tadqiqot universiteti mamlakat iqtisodiyoti uchun ilg‘or kadrlar tayyorlashga hissa qo‘shishda davom etmoqda

2022-06-24 | Iqtisodiyot

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot Universiteti bitiruvchilariga tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Milliy tadqiqot universiteti Boshqaruv kengashi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investisiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov, universitet rektori B.Mirzaev, turli idoralar rahbarlari, muassasa professor-o‘qituvchilari, bitiruvchilar, ularning ota-onalari va yaqinlari ishtirok etdilar.
 
Tadbirda so‘zga chiqqan S.Umurzoqov mamlakatimiz ishonchi Universitet bitiruvchilariga ulkan mas'uliyat yuklayotganini ta'kidlab, ta'lim muassasasi an'analarining uzluksizligini saqlash, shuningdek, hozirgi davr va zamonaviy texnologik taraqqiyot darajasi yosh mutaxassislardan talab qilayotgan tubdan yangi ko‘nikmalar va innovatsion yechimlarni o‘zlashtirish va amalda tatbiq etish muhimligini ta'kidladi. Boshqaruv kengashi tomonidan Universitet bitiruvchilariga egallangan ko‘nikmalarni muvaffaqiyatli qo‘llash, ijodiy salohiyatni ro‘yobga chiqarish hamda kasbiy jihatdan yanada o‘sishda yordam ko‘rsatish amaliyoti davom ettirilishi ma'lum qilindi.
 
Ma'lumot uchun: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy ilmiy-tadqiqot universiteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 -yil 10- dekabrdagi № PQ-42-sonli Qaroriga asosan 1923 -yildan beri faoliyat ko‘rsatib kelgan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini transformatsiyalash yo‘li orqali tashkil topdi. Universitet 7ta fakul'tetdan iborat bo‘lib, unda 5830 talabalar tahsil olmoqda. Bu yil universitetni 908 nafar bakalavr va 242 nafar magistr tamomladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться