O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

17-iyun — butunjahon cho'llanish va sho'rlanishga qarshi kurash kuni

2022-06-17 | Ekologiya

Qurg'oqchilik 2000-yilga qaraganda 29 foizga kuchliroq namoyon bo'lib, har yili bundan 55 million kishi aziyat chekmoqda.

Butunjahon cho'llanish va qurg'oqchilikka qarshi kurash kuni munosabati bilan FAOning O'zbekistondagi vakolatxonasi O'zbekiston Respublikasi o'rmon xo'jaligi Davlat qo'mitasi bilan hamkorlikda anjuman tashkil etildi. Unda vazirlik va idoralar, xalqaro va nodavlat tashkilotlar, shuningdek, ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari tarafidan respublikamizda cho'llanish va qurg'oqchilikka qarshi kurashish bo'yicha hamda qum va chang bo'ronlariga qarshi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Dastur ijrosi yuzasidan ma'ruza va taqdimotlar qilindi. Shuningdek, BMTning Cho'llanishga qarshi kurashish Konvensiyaning bajarilishini ko'rib chiqish qo'mitasining navbatdagi yig'ilishini (CRIC-21) 2023-yilda O'zbekistonda o'tkazilishi muhokama qilindi. Bundan tashqari, tadbirda Markaziy Osiyo mo'tadil cho'llar tashabbusi (CADI) loyixasi doirasida 2017—2022-yillarda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, cho'l ekotizimlarini iqtisodiy baholashga bag'ishlangan trening o'tkazildi.

Cho'llanish va qurg'oqchilikka qarshi kurash kunining 2022-yildagi shiori “Qurg'oqchilikni birgalikda yengamiz” deb nomlanadi. Qurg'oqchilik keng miqyosda hosilni yo'qotish, o'rmon yong'inlari va suv yetishmasligi natijasida insoniyatga zarar etkazish nuqtai nazaridan eng vayronkor tabiiy ofatlardan biri hisoblanadi. Yerlar degradatsiyasi va iqlim o'zgarishi bilan yanada murakkablashib borayotgan qurg'oqchilik 2000-yilga qaraganda 29 foizga kuchliroq namoyon bo'lib, har yili bundan 55 million kishi aziyat chekmoqda. 2050-yilga borib qurg'oqchilik dunyo aholisining to'rtdan uch qismiga ta'sir ko'rsatishi mumkin. Shu sababli bu global va eng dolzarb muammo hisoblanadi.     

— O'zbekistonda qum-chang bo'ronlariga qarshi kurashish va salbiy ta'sirini kamaytirish bo'yicha Milliy xarakatlar rejasida belgilangan tadbirlarni Ishchi guruhi yig'ilishi bo'ladi hamda ishchi guruh tomonidan qilinishi kerak bo'lgan ishlar muhokamasi bo'lib o'tadi, — dedi O'rmon xo'jaligi davlat qo'mitasi Cho'llanish va qurg'oqchilikka qarshi kurashish boshqarmasi boshlig'i Sobirjon Umarov.

O'zbekistonda, 2017-yildan buyon CADI “Markaziy Osiyodagi cho'llar bo'yicha tashabbus” loyihasi amalga oshirilib kelmoqda. Ushbu loyiha, Birlashgan Millatlar oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan amalga oshirilib, Germaniya hukumati tomonidan moliyalashtirilmoqda.

— CADI loyihasi O'zbekistonning Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi aholini qo'llab-quvvatlash va turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan ishlarni 2017-yildan amalga oshirib keldi, — deya ta'kidlaydi CADI loyihasining O'zbekistondagi Milliy koordinatori Narimon Nishonov. — Shu jumladan, tomorqa egalariga 10 mingdan ortiq daraxt ko'chatlari tarqatildi, 120 ta tomorqa egalari kichik issiqxonalar, sutni qayta ishlash va saqlash, shuningdek, hunarmandchilik (tikuv) uskunalari bilan ta'minlandi. 270 ga yaqin mahalliy aholi vakillariga qishloq xo'jaligi ekinlarini yetishtirish, issiqxonalarda ko'chatxonalar tashkil qilish, asalarichilik, chorvachilik, sutni kayta ishlash, tikuvchilik va chevarchilik bo'yicha o'quv mashg'ulotlar o'tkazildi.  Bugungi tadbirda keng manfaatdor shaxslar doirasi uchun o'quv kursi o'tkazilib, cho'l ekotizimlarini iqtisodiy baholash uslublari bilan tanishtirishdan mamnunmiz.

FAO/GeJ tomonidan amalga oshirilayotgan “Markaziy Osiyo va Turkiyaning qurg'oqchil va sho'rlangan qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish landshaftlarida tabiiy resurslarni kompleks boshqarish” (CACILM-2) loyihasi qurg'oqchilikka uchragan va sho'rlangan qishloq xo'jaligi er maydonlarida tabiiy resurslarni kompleks boshqarish amalyotlarini joriy qilish ko'lamlarini kengaytirishga qaratilgan. O'tgan davr mobaynida loyiha hamkorlariga 500 ming donadan ortiq mevali daraxt va uzum ko'chat hamda qalamchalari, 108 dona kichik issiqxona, 100 dan ortiq kichik qishloq xo'jaligi texnika va asbob uskunalari, 100 tonnadan ortiq qurg'oqchilik va sho'rlanishga chidamli ekinlar urug'lari yetkazib berildi. Bundan tashqari O'zgidrometning Qashqadaryo va Jizzax viloyatlaridagi stantsiyalariga jami 12 dona zamonaviy meteostansiya o'rnatib berildi.

— Loyihaning umumiy maqsadi, qurg'oqchil va sho'rlangan yerlar sharoitida xatar va zaiflik darajasini pasaytiradigan, fermerlar va qishloq aholisiga qurg'oqchilik va sho'rlanishga qarshi kurashish va bu holatlarga moslashishga yordam beradigan ilg'or amaliyotlarni qo'llagan holda tabiiy resurslarni uyg'unlashgan holda boshqarish amaliyotlari miqyosini kengaytirishdir, — deydi loyihaning Milliy boshqaruvchisi Muhammadjon Qosimov.

Manba: «Yangi O"zbekiston»

Поделиться