O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Axborot va aloqa xizmatlarining o‘sish sur’atlari yuqori bo‘lganligi sababli, ularning mamlakat YAIMdagi ulushi 2 yilda 1,9 foizdan 2,2 foizgacha oshdi
2022-06-14 | Iqtisodiyot
O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-mart oylarida axborot va aloqa xizmatlarining mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi 2,2 foizni(2021-yilning yanvar-martida – 2,0 foiz, 2020-yilning yanvar-martida – 1,9 foiz) tashkil etdi.
Ushbu xizmatlar bo‘yicha yaratilgan qo‘shilgan qiymat hajmining 67,3 foizini telekommunikatsiya xizmatlari (simli va mobil aloqa xizmatlari, internet tarmog‘i) tashkil etdi (2021-yilning yanvar-martida – 70,2 foiz, 2020-yilning yanvar-martida – 73,9 %), qolgan 32,7 foizi axborot va aloqaning boshqa tarmoqlari (kompyuter dasturlashtirish, nashriyot faoliyatlari, teleko‘rsatuv va radioeshittirish v.b) hissasiga to‘g‘ri keldi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi