O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oliy sport mahorati instituti faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida

2022-06-07 | Hujjatlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha yuqori malakali hamda zamonaviy bilim va texnologiyalarni o‘zlashtirgan trener, hakam, seleksioner va boshqa mutaxassislarni tayyorlash maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “Sport ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish orqali olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha sportchilar zaxirasini shakllantirish sifatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–5279-son qaroriga muvofiq:

1. Quyidagilar:

professional ta’lim tizimini tamomlagan bitiruvchilar uchun o‘qish davomiyligi uch yil hisoblanadigan davlat oliy ta’lim muassasasi shaklidagi ixtisoslashtirilgan Oliy sport mahorati instituti (keyingi o‘rinlarda – Institut) tashkil qilinganligi;

Institutga olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoa a’zosi bo‘lgan yoshlarni ularning sport natijalariga qarab hamda seleksiya bo‘yicha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. Institutning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

ta’limning zamonaviy innovatsion texnologiyalarini joriy qilgan holda va ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olib jismoniy tarbiya va sport sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, jumladan, Xalqaro toifadagi O‘zbekiston sport ustasi hamda O‘zbekiston sport ustasi, shuningdek, O‘zbekiston sport ustaligiga nomzod sportchilarni tayyorlash;

jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va modernizatsiya qilishga qaratilgan yangi ta’lim dasturlarini hamda o‘quv mashg‘ulotlarining innovatsion shakllarini ishlab chiqish va joriy etish;

talabalarning kasbiy moyilligi, mahorati va ko‘nikmalarini chuqur rivojlantirish;

talabalarning respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirokini ta’minlash, bu borada sport zaxirasi va milliy terma jamoalar tarkibini shakllantirishda ishtirok etish;

sport sohasiga yo‘naltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq qilish;

ta’lim va ilmiy faoliyatning ishlab chiqarish bilan uzviy integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratish;

istiqbolli bitiruvchi sportchilarni chet el sport va ilmiy-tadqiqot muassasalariga o‘qishga yuborish orqali Institutning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish;

zamonaviy ta’lim texnologiyalariga asoslangan o‘quv jarayonlarini joriy qilish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni tatbiq etish, jismoniy tarbiya va sport sohasi uchun kadrlar tayyorlash tizimi hamda ochiq axborot-ta’lim muhitini rivojlantirishгa ko‘maklashish.

3. Belgilansinki:

Institutda o‘quv jarayoni 2023/2024-o‘quv yiliдaн boshlanadi;

Institutga talabalarni qabul qilish Olimpiya va Paralimpiya kollejlari bitiruvchilarining sport natijalari (qoida tariqasida a’lo va yaxshi baholarga ega bo‘lgan iqtidorli o‘quvchi-sportchilar orasidan) asosida amalga oshiriladi;

Institutga talabalarni qabul qilish shaffof va ochiq tanlov asosida o‘tkaziladi;

Institutga talabalarni qabul qilish parametrlari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi;

Institutga talabalarni qabul qilish parametrlari davlat buyurtmasi sifatida har bir sport turining xususiyatidan (vazn toifasi, sportchilar soni, shu jumladan, sportchi-ayollar soni, jamoaviy sport turlari bo‘yicha tegishli sport turida ishtirok etadigan sportchilar soni va boshqalar) kelib chiqib, hududlarda iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) maxsus sport tizimini boshqarish platformasida shakllangan Olimpiya va Paralimpiya kollejlari bitiruvchilarining sport natijalari asosida shakllantiriladi;

Institut bitiruvchilariga tanlangan sport turi bo‘yicha “trener”“hakam”, “seleksioner” va boshqa mutaxassisliklar beriladi;

Institut bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan davlat namunasidagi diplom beriladi;

Institut talabalari sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalariga muvofiq o‘tkaziladigan respublika musobaqalarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etadi;

Institut talabalarini yashash uchun jihozlarsutkalik oziq-ovqat normasi bilan ta’minlashda Olimpiya va Paralimpiya kollejlarining normativlari tatbiq etiladi;

Institut Sportni rivojlantirish vazirligi tizimiga kiradi.

4. Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirishning manbalari etib belgilansin:

Davlat byudjeti mablag‘lari;

xo‘jalik faoliyati bo‘yicha va shartnoma asosida ko‘rsatilgan xizmatlardan tushumlar;

jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;

xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;

qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

5. Institutga quyidagi huquqlar berilsin:

ta’lim jarayonining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini mustaqil ishlab chiqish va tasdiqlash;

o‘quv rejalaridagi nazariy ta’lim ulushini qisqartirish hisobiga amaliy mashg‘ulotlar hajmini oshirish;

professor-o‘qituvchilar o‘quv yuklamasini mustaqil me’yorlashtirish, shuningdek, trenerlar va pedagog xodimlar tomonidan o‘quv-metodik, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilishini, “ustoz-shogird” an’analari joriy qilinishini rag‘batlantirib borish.

6. Oliy sport mahorati instituti faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

7. Sportni rivojlantirish vazirligi (A.Ikramov) 2023/2024-o‘quv yiliga qadar:

Institut ustavini belgilangan tartibda tasdiqlasin va uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish choralarini ko‘rsin;

Institut tuzilmasini oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq tasdiqlasin;

Institutning bo‘limlari, fakultetlari va kafedralari shakllantirilishini, uning ta’lim tizimi hamda jismoniy tarbiya va sport sohasida zamonaviy bilimlarga, shuningdek, amaliy ish tajribasiga ega yuqori malakali mutaxassislar, jumladan, xorijiy mutaxassislar bilan to‘ldirilishini, o‘qituvchilar, trenerlar va mutaxassislarning professional ko‘nikmalari va bilim darajalarini uzluksiz oshirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlasin;

zarur o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari, o‘quv-metodik materiallar va qo‘llanmalar ishlab chiqilishini ta’minlasin;

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda Olimpiya va Paralimpiya kollejlarida tayyorlanadigan kasblar (mutaxassisliklar)ning malaka talabi va o‘quv rejalarini professional standartlar asosida takomillashtirsin.

8. Sportni rivojlantirish vazirligi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi bilan birgalikda:

Institut talabalarining sport tayyorgarlik mashg‘ulotlarini yuqori darajada tashkil etish maqsadida sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoalar bosh trenerlarini Institutning o‘quv-mashq jarayonlariga jalb qilish;

Institut talabalarini sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalariga muvofiq yil davomida uzluksiz o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga jalb etish hamda xalqaro musobaqalarda ishtirokini ta’minlash choralarini ko‘rsin.

9. Institut tuzilmasida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan:

Axborot-resurs markazi;

Tibbiyot bo‘limi tashkil qilinsin.

Sportni rivojlantirish vazirligi:

a) 2023/2024-o‘quv yiliga qadar Axborot-resurs markazining mahalliy hamda xorijiy o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar, darsliklar hamda o‘quv qo‘llanmalari bilan to‘ldirilishini ta’minlasin;

b) Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda:

2023/2024-o‘quv yiliga qadar Institutning tibbiyot bo‘limini malakali mutaxassislar bilan to‘ldirsin;

Institutning musobaqalarga tayyorgarlik va musobaqalar davrida katta jismoniy yuklama ostida harakat qiladigan sportchi-talabalarini tezkorlik bilan tiklab olish uchun farmakologik ko‘mak berish maqsadida 2023-yildan boshlab har yili dekabr oyiga qadar zarur dori vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha Moliya vazirligiga asoslantirilgan hisob-kitoblarni taqdim etsin.

10. Sportni rivojlantirish vazirligi hamda Samarqand viloyati hokimligining Institutni Samarqand shahri, Ibn Sino ko‘chasi, 17a-uy manzili bo‘yicha joylashtirish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.

11. Moliya vazirligi (T.Ishmetov) Institut faoliyatini saqlash bilan bog‘liq zarur mablag‘larning 2023-yildan boshlab Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutilishini ta’minlasin.

12. Sportni rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

13. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib sportni rivojlantirish vaziri A.I. Ikramov, sportni rivojlantirish vazirining maslahatchisi A.K. Karimov va Samarqand viloyati hokimi E.O. Turdimov belgilansin.

Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A.Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                                  Sh.MIRZIYOEV

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Поделиться